Elektron hukumat


"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi faoliyati



Yüklə 427,79 Kb.
səhifə6/8
tarix14.11.2022
ölçüsü427,79 Kb.
#69006
1   2   3   4   5   6   7   8
Elektron hukumat

"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi faoliyati mamlakatimizda davlatning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan elektron hamkorlik tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Davlat organlarida foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va birlashtirish mexanizmini nazarda tutadigan ushbu tizimni shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni ta’minlaydigan mazkur markaz bu boradagi jahon tendensiyalari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil va tadqiq etadi, “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish jarayonida tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga vaqt va mablag‘ni tejagan holda sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatish, yangi-yangi xizmatlarni elektron ravishga o‘tkazish kabi vaziflarni hal etadi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash markazining asosiy maqsadi esa "elektron hukumat" tizimi ma’lumotlar bazasi, resurslari va axborot tizimlari kompleksining axborot xavfsizligini ta’minlash, davlat organlarining tegishli resurs va tizimlarining axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish, "elektron hukumat" tizimining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish, shuningdek, milliy internet segmentini takomillashtirish borasida ishlarni amalga oshirishdan iborat. 2013 yilning 1 iyulida Respublikamizda "elektron hukumat" tizimining eng muhim vositalaridan biri bo‘lgan YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirildi (www.my.gov.uz). YAgona portalning shiori "Xizmatlar yangi qiyofada" deb nomlanib, uning ma’nosi real vaqt rejimida foydalanuvchilar uchun interaktiv davlat xizmatlarini yagona nuqta orqali taqdim etishni anglatadi. Bugungi kunda YAgona portal orqali foydalanuvchilarga 220 dan ortiq xizmatlar taqdim etilmoqda.
Yagona portal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 14 fevraldagi PF-1920-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Obod turmush yili" Davlat dasturiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son qaroriga asosan yaratilgan. 2013 yil 27 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror va dasturga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqilib va u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritildi.
So‘ngra “O‘zbekiston Respublikasining Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 18 noyabrda qabul qilindi. Senat tomonidan 2015 yil 3 dekabrda ma’qullandi va 2015 yil 9 dekabr, O‘RQ-395-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan imzolandi. Ushbu Qonun «Xalq so‘zi» gazetasining 2015 yil 10 dekabrdagi 237 (6420)-sonida e’lon qilindi va kuchga kirdi.
Elektron hukumat Qonunining asosiy maqsadi elektron hukumat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat, ya’ni aynan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish asosida davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartiblarini maqbullashtirish, elektron davlat xizmatlarining sifati va ulardan foydalanish qulayligini oshirish, protseduralarni soddalashtirish va ularni ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish, shuningdek, davlat xizmatlarini olish bilan bog‘liq ma’muriy xarajatlarni kamaytirish, davlat organlarining axborot ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, davlat boshqaruvi tizimida «yagona oyna» prinsipini joriy qilish, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan elektron tijorat tizimidan foydalanish masalalariga qonuniy asos yaratishdir.
Qonun asosiy tushunchalar, elektron hukumat prinsiplari, elektron hukumat infratuzilmasi, elektron hukumat sohasidagi davlat boshqaruvi, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, davlat organlarining elektron hukumat doirasidagi hamkorligini belgilovchi 5 ta bob va 34 ta moddadan iborat.

Yüklə 427,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin