1. Umumiy ma’lumotlar
Kurs loyihasini bajarishdan maqsad «Avtomatlashtirish sistemalarini loyixalash, o’rnatish va sozlash» kursining nazariy qismlarini mustaxkamlash, avtomatik boshqarish sistemalarini (ABS) hisoblash usullarini egallash va shu sistemalarni elektron hisoblash mashinalarida tekshirishni o’rganishdir.
Kurs loyihaning mazmuni avtomatlashtirish sistemalarini avtomatik boshqarishni amaliy dasturlar yordamida hisoblash va tekshirishdan iboratdir. Bunday sistemalar ishlab chiqarish, sanoat korhonalarini texnologik jarayonlari va ob’ektlarini loyihalash, o’rnatish, sozlash va boshqarishda keng qo’llaniladi. ABSni tekshirishning samaradorligini oshirish uchun hisoblash ishlarida EXMni keng qo’llash zarur (ilova 8).
Kurs loyihasi 35-40 bet hajmda hisoblash tushuntirish xatidan va zaruriy grafik va sxemalardan iborat. Tushuntirish xati va grafik qism mazmuni kurs loyihasi vazifasi bilan aniqlanadi.
Himoya qilish jarayonida talaba mantiqiy fikr yurita olishi va kurs loyiha yo’nalishi bo’yicha yetarli bilimini hamda kurs loyihada qo’llaniladigan ABSni hisoblashning boshqa usullarini egallaganligini ko’rsatishi kerak.
2. Kurs loyihasini vazifasi va maqsadi
Kurs loyihasi – «Avtomatlashtirish sistemalarini loyixalash, o’rnatish va sozlash» kursini yakunlaydigan bosqich hisoblanadi. Kurs loyihasini bajarish davomida talaba olgan nazariy bilimlari va ko’nikmalariga asoslanib, mustaqil ravishda berilgan vazifani yechadi hamda avtomatlashtirish sistemalarini loyixalash, o’rnatish va sozlashni tadqiq qiladi.
Kurs loyiha mavzulari kafedra tomonidan belgilanadi.
3. Kurs loyihaga topshiriq. Kurs loyihasini hajmi va tarkibi
Kurs loyihaga vazifalar rahbar tomonidan tuzilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Kurs loyiha tarkibiga quyidagilar kiradi: 35-40 bet hajmda hisoblash tushuntirish xati ilovalar bilan, (eskizlar, jadvallar, grafiklar, rasmlar va boshq.); grafik qism, ikkitadan kam bo’lmagan A2 formatda chizma varaqlarda bo’lishi nazarda tutilgan (420x594 mm).
Dostları ilə paylaş: |