4.1.4.Sxema va chizmalarni izohi. Loyihada bajariluvchi barcha chizmalar tushuntirish hatida keltiriluvchi izohlarga ega bo’ladi. Sxemani izohlashda chizmani izohi ko’rsatilishi shart, misol uchun, “Avtomatlashtirishning struktura sxemasini izohi”, “Avtomatlashtirishning funktsional sxemasini izohi”, “Signallash va blokirovka sxemasini printsipial sxemasini izohi”, “Elektr ta’minot sxemasini izohi”, “Sxema izohi: shitning umumiy ko’rinishi”. Keltiriluvchi izohda sxema tarkibi, qo’laniluvchi elementlar, sxemada joylashish tartibi, shuningdek normativ materiallar ko’rsatiladi.
4.1.5.NO’A va A spetsifikatsiyasi Avtomatlashtirish vositalarini tanlashda NO’A va A ni spetsifikatsisi tuzilib, unga talaba tomonidan tanlab olingan birlamchi o’gartirgichlar, datchiklar, ikkilamchi asboblar, mikroprotsessor vositalar, kabelli mahsulotlar, yorituvchi armatura, shit va pulьtlar, shuningdek boshqaruvchilar va solovchi apparaturalar kiradi. .
Xulosalarda avtomatlashtirishdan oldin va avtomatlashtirishdan so’ng avtomatlashtirishning darajasini taqqoslovchi tahlili keltiriladi.
4.1.7. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Tushuntirish yozuvining so’ngida foydalanilgan manbalar ro’yhati keltiriladi. Ro’yhatdagi raqamlar ularga matnda qo’yilgan ssilkalar ketma ketligi bo’yicha qo’yiladi.
4.1.8.Kurs loyihasining qo’shimcha bo’limlari (rahbar ko’rsatmasi bo’yicha bajariladi). Ushbu bo’limda hisob kitoblar keltirilishi mumkin..
5.Kurs loyihasi grafiq qismini tarkibi
Kurs loyihasi grafiq qismini majburiy tarkibiga quyidagi chizmalar kiradi.
Jadval 5.1. Kurs loyihasi grafiq qismini materiallari tarkibi va ularning tahminiy hajmi.