BOG‘LANGAN ELEKTRON - atom yadrosiga elektrostatik tortilish tufayli bogMangari electron
BOG'LANISH ENERGIYASI - bog'langan zarralar tizimi energiyasi bilan ushbu zarialaming erkin holatdagi energiyalari yig'indisi orasidagi farq
BRAVE PANJARASI - kristall panjara simmetriyasining mumkin bo'tgan xillarini tavsiflovchi uch o'lchovli geometrik panjaralardan biri
BRILLYIJEN SOHASI - to'lqin vektorlarining fazoviy sohasi; uning ichida kristalldagi elektron energiyasi uzluksiz o'zgara boradi, chegaralarida esa uziladi
DAMLASH - elektromagnitik maydon va boshqa omillar yordamida moddada termodinamik muvozanatsiz holatlarni vujudga keltirish orqali uni faol muhitga aylantirish va nurlanish chiqarish xossasiga ega qilib qo'yish jarayoni