FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ENERGETIKA FAKULTETI
“Elektronika va asbobsozlik” kafedrasi
“ELEKTRON TEXNIKA MATERIALLARI VA ELEMENTLARI” fanidan
BAHOLASH MEZONLARI
Bilim sohasi: 300000 – Ishlab chiqarish texnik soha
Ta’lim sohasi: 310000 – Muxandislik ishi
Ta’lim yo’nalishi: 5310800 – Elektronika va asbobsozlik (elektronika sanoatida)
Ta’lim shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o‘zbek
Farg‘ona – 2020 yil
Fanning baholash mezonlari talabalar tomonidan belgilangan bilim va ko‘nikmalarga erishish darajasini belgilash uchun sinov materiallari (topshiriqlar, testlar, savollar va boshqalar) va ulardan foydalanish usullari to‘plami hisoblanadi.
Fanning baholash mezonlari talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi, oraliq va yakuniy baholash jarayonida qo‘llaniladi.
Fanning baholash mezonlari quyidagi normative va me’yoriy hujjatlar asosida tayyorlandi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018- son buyrug‘i. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom
“____“____ 201__ yilda № _____________ - “Elektronika va asbobsozlik” (elektronika sanoatida) bilan tasdiqlangan malaka talablari
Toshkent Davlat texnika universitetida ihlab chiqarilgan, 02.05.2018 yilda № BD- 300000 - 3.06 raqami bilan ro’yxatga olingan fan dasturi.
Fanning ishchi dasturi.
Tuzuvchi: ____________M.Nishonova
Taqrizchi : ____________Q. Oxunov.
Fanning baholash mezonlari “Elektronika va asbobsozlik” kafedrasi bilan kelishildi.
Kafedra mudiri:_______ X.T.Yo’ldoshev. “____”__________ 2020 yil
5310800 – Elektronika va asbobsozlik (elektronika sanoatida) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar
• Dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi; gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;
• Vatan tarixini bilishi, ma’naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi;
• tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;
• insonning boshqa insonga, jamiyatga va atrof muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy hamda ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;
• axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, o‘z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olishi;
• tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi;
• yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi;
• sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tassavvur hamda e’tiqodga, o‘zini jismoniy chiniqtirish o‘quv va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |