Ma’lumki, hamma moddalar ham tok o‘tkazavermaydi. Dielektiriklarning valentli elektronlari o‘z atomlariga “qattiq”, ya’ni kuchli bog‘langan, ularni ajratib olib, bir tomonga yurgizish oson emas. Buning sabablari murakkab va bu yerda tushuntirib o‘tirishga ehtiyoj yo‘q. Ba’zan dielektrikni ham o‘tkazuvchanlik hususiyatiga ega bo‘lishga majbur qilish mumkin. Masalan, katta bosim ta’sirida atomlar o‘zaro yaqinlashadi va dielektrik metallga aylanib, o‘tkazuvchan bo‘lib qoladi.
Metallarda ham elektronlar to‘la erkinlikka ega emas. Ular o‘z harakati mobaynida atomlarning qoldiqlariga to‘rtinadi va sochilib ketadilar. Bunda ishqalish yuz beradi va biz uni tok qarshilikka uchradi, deymiz. (Aslida qarshilikning tabiati ham ancha murakkab). O‘ta o‘tkazuvchanlik holatida esa qarshilik yo‘qoladi, nolga teng bo‘lib qoladi.Elektronlar harakati ishqalishsiz ro‘y beradi. Shu bilan birga bizning kundalik hayotimizda olgan tajribamiz bunday bo‘lishi mumkin emas, deydi. Fiziklarning ko‘p yillik tadqiqotlari bu qarama-qarshilikni hal qilishga qaratilgan edi.
Qarshilik
Metallning elektr qarshiligi uning o‘lchamlari bilan bog‘liq.. Quyidagi formulada
(10.1) R-qarshilik, o‘lchov birligi Om; s-metall parchasinig tok o‘tishi yo‘nalishidagi ko‘ndalang kesimi, mm2; -metall parchasining tok yo‘nalishidagi uzunligi, m; -metallning solishtirma qarshiligi, Om*m. Sof mis eng yaxshi tok o‘tkazuvchilardan biri. Uning xona tempraturasidagi solishtirma qarshiligi =1,75*10-6 Om*sm. Ba’zi metallar xona tempraturasida yomonroq o‘tkazadi:
Aluminiy: S=2,8
Qo‘rg‘oshin:
Cimob: (10.2)
Taqqoslash uchun ba’zi dielektriklarning xona tempraturasidagi solishtirma qarshiliklarini keltiramiz:
Asbest:
Rezina:
Yantar: (10.3)
Tempraturaning kamayishi bilan misning qarshiligi ohista kamaya boshlaydi. Bir necha Kelvinda ga teng bo‘ladi. Lekin bu – o‘ta o‘tkazuvchan holat emas. Aksincha aluminiy, qo‘rg‘oshin va simob bunday past temperaturada o‘ta o‘tkazuvchan bo‘lib qoladi va ularning solishtirma qarshiligi dan oshmaydi. Bu misnikidan yuz trillion marta kichikdir. Metallning solishtirma qarshiligi uning tempraturasiga bog‘liq. rasmda ushbu bog‘lanish ko‘rsatilgan.