Koistantandan yumshoq va qattiq buyumlar: diametri 0,03 dan 5 mm gacha bo‘lgan simlar va qalinligi 0,1 mm gacha bo‘lgan lenta tayyorlanadi. Izolyatsiyalangan konstantan sim mis snm bilan birgalikda termoparalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Konstantan bugomlar (sim, lentalar) dan 450°S dan goqori bo‘lmagan temperaturalarda foydalanish mumkii.
Adabiyotlar:
1)K.P.Bogorodiskiy, V.V.Pasinkov, “Elektrotexnicheskiy materiali”1985g
2)I.Xolikulov,M.M.Nishonova”Elektron texnika materiallari“ Toshkent shark 2006y
3)N.V.Nikulin, V.A.Nazarov ”Radiomateriallar va komponentlar “ Toshkent
10-MA’RUZA.
Mavzu: O‘ta o‘tkazuvchan materiallar.
REJA:
Kritik tempratura
O‘ta o‘tkazgichlarning qo‘llanilishi
Magnitlar
O‘ta o‘tkazuvchan simlar
O‘ta o‘tkazgichli magnitlarning qo‘llanilishi
Djozefson effektlari
Krio o‘tkazgichlar
Tayanch suzlar va iboralar:
Niobiy (Ni) titan (Ti), O‘ta o‘tkazuvchan simlar, Magnitlar, Krioo‘tkazgichlar, Djozefson effekti, Ersted maydon, magnit maydoni kuchlanganligi, Rezonans chasotasi, Doimiy magnit.
1911 yilda Golland olimi X. Kamerling-Onnes simobning juda past temperaturadagi qarshiligini o‘lchayotib o‘ta o‘tkazuvchanlik hodisasini ochdi. Uni moddani begona moddalardan maksimal tozalaganda va temperaturani maksimal darajada pasaytirganda qarshiligi qanchagacha pasayishi qiziqtirgan. Bu tajriba ko‘tilmagan natijani berdi: temperatura 4,15 K (-268,85 gradus)ga pasayganda simobning qarshiligi bir zumda yo‘qoldi. Qarshilikning bunday o‘zgarishi rasmda ko‘rsatilgan.
14-расм. Қаршиликнинг паст температураларда
“йўқолиши”.
Ўта ўтказувчанлик ҳолатига ўтиши.
O‘tgan asrning boshlaridayoq qattiq jismlarda tok tashuvchi vosita elektronlar ekanligi ma’lum edi. Ular manfiy zaryadga ega, atomlardan ancha yengil. Musbat zaryadlangan yadro Kulon qonuniga asosan elektron bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Har bir elektron yadro atrofida o‘z “orbitasiga” ega. Orbita yadroga qancha yaqin bo‘lsa elektron unga shuncha kuchli tortiladi, elektronni yadrodan ajratib olish uchun shuncha ko‘p energiya talab qilinadi. Aksincha, eng chetki yadrolarni ajratish yengil, uning uchun ozroq energiya talab qilinadi. Tashqi elektronlar valentli deyiladi.
Tashqi elektronlar qattiq jism hosil qilgan atomlarda xaqiqatan ham yengil ajraladi va qariyib erkin elektronlar gazini hosil qiladi. Huddi, qattiq jismni bir ko‘za deb faraz qilinsa, u to‘la gaz. Bu gaz – erkin elektronlar. Bu qattiq jism parchasiga elektr maydoni ta’sir etsa, elektron gazdan “shamol” paydo bo‘ladi, ya’ni elektronlar harakatga kelib, maydon ta’sirida bir tomonga intiladi. Bu “shamol” elektr tokidir.
Dostları ilə paylaş: |