Elektronika va asbobsozlik


-MA’RUZA. Mavzu: Issiqbardosh o‘tkazgich materiallar



Yüklə 4,66 Mb.
səhifə30/155
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#186248
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   155
Elektronika va asbobsozlik

12-MA’RUZA.


Mavzu: Issiqbardosh o‘tkazgich materiallar.


REJA:



  1. Issiqbardosh o‘tkazgich materiallar.

  2. Issiqbardosh qotishmalar

Tayanch so‘z va iboralar:


Issiqbardosh, Nikel va xrom, Issiqbardosh qotishmalar, metallarning qattiq eritmalar, Marganes va kremniy, rezistorlar, qotishmalarning tarkibi.

Tarkibida asosan nikel, xrom va ba’zi boshqa komponentlar bo‘lgan kotishmalar issikbardosh materiallar xisoblanadi.


Bu kotishmalarning issiqbardoshligiga, ya’ni yuqori temperaturalarda xam oksidlanmaslik xususiyatiga ega bulishiga sabab shuki, kotishmaga kislorod kirishiga yo‘l qo‘ymaydigan kata zichliklikli oksid plyonka xosil bo‘lib, xatto yuqori temperaturalarda xam oksidlanmaydi.
Issikbardosh oksid plyonkalar asosi xrom oksidi Sr2O3 va nikel (IV)- okisdi NiO xisoblanib, ular yuqori temperaturalarda xam oksidlanmaydi.
Nikel va xrom asosida tayyorlangan issikbardosh materiallar nixromlar deb, temir, xrom, va aluminiy asosida tayyorlangan materiallar esa xromallar deb yuritiladi. Bu materiallarning xammasi tartibsiz strukturali metallarning qattiq eritmalari bulib, ularning solishtirma qarshiligi katta va TKr sining qiymati kichik bo‘ladi.

Jadval: Issiqbardosh qotishmalar tarkibi va asosiy xarakteristikalari





Qotishma markasi

Qotishma turi

Tarkibi, massaga nisbatan % xisobida

Solishtirma elektr karshi-ligi, mk Om · m

Qarshilikning temperatura koeffitsienti, 1/°S

Yul quyila-digan ish tem-peraturasi, °S

Xrom

nikel

Aluminiy

Titan

temir

X15N60

Nixrom

15-18

55-61

-

-

-

1,02 – 1,15

12 · 10-6

950 – 1000

X20N80

-//-

20-23

77-80

-

-

-

1,02 – 1,12

10 · 10-6

1050 – 1100

X20N80T

-//-

19-23

75

-

0,4

Kolgan kismi

1,04 – 1,17

9 · 10-6

1000 – 1100

X20N80T3

-//-

19-23

Kolgan kismi

-

2 – 2,9

2,5

1,18 – 1,36

9 · 10-6

1000 – 1100

X13Yu4

Fexral

12-15

0,6

3,5 – 5,5

-

Kolgan kismi

1,2 – 1,3

15 · 10-6

850 – 950

OX23Yu5

Xromal

23-27

0,6

4,5 – 6,5

-

Kolgan kismi

1,3 – 1,5

5 · 10-6

1150 – 1200

Qotishmalarning markalashishidagi xarfiy belgi qotishma tarkibidagi asosiy komponentni bildiradi: xrom (X), nikel (N), aluminiy (Yu) va titan (T). bu xarflardan keyin yozilgan rakam mazkur kotishma tarkibidagi shu metall mikdorini kursatadi. Masalan, X2ON80 markali nixrom tarkibida 20% xrom va 80% nikel (massa buyicha) bor ekanini anglatadi.


Jadvalda amalda keng qo‘llaniladigan ba’zi issiqbardosh qotishmalarning tarkibi va asosiy xarakteristikalari keltirilgan. Jadvalda sanab o‘tilgan asosiy komponentlardan tashqari issiqbardosh qotishmalar tarkibiga: 0,06-1,2% kremniy; 0,7-1,5% marganes; 0,35% fosfor va 0,03% oltingugurt kiradi. Oltingugurt, fosfor va uglerod zararli aralashmalaridir, chunki ular qotishmalarning murtligini oshiradi, shuning uchun ulardan kutilishga xarakat qilinadi. Marganes va kremniy oksizlantiruvchi bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular qotishma ichidan uning xususitini yomonlashishiga olib keluvchi kisloroddan ozod qilishga imkon beradi.
Issiqbardosh qotishmalar va ularda yasalgan buyumlar (izolyatsiyalanmagan va izolyatsiyalangan simlar va tasmalar) simli rva isitkich elementlarda qullaniladi. Bundan tashqari ular yupka plyonkali rezistorlar olish maksadida integral mikrosxemalarda xam qo‘llaniladi.
Olovbardosh o‘tkazgich materiallar jumlasiga nikel, xrom kabi ba’zi komponentlar asosida olingan qotishmalar kiradi. Bu qotishmalarniig olovbardoshligi, ya’ni yuqori temperaturalarda oksidlanmasligi ularning sirtida zichligi katta bo‘lgan oksid parda hosil bo‘lishi tufaylidir; bu parda qotishmaga kislorodni kiritmaydi. Olovbardosh oksid pardalarniig asosi xrom (Sh)-oksid Sr2O3 va nikel (P)-oksid NiO dan iborat bo‘lib, ular yuqori temperaturalarda qotishma sirtidan bug‘lanib ketmaydi Nikel, xrom va aluminiy asosida olingan olovbardosh o‘tkazgich materiallar tegishlicha nixromlar, fexrallar va xromallar deyiladi. Ularning hammasi metallarning tartibsiz strukturali qattiq eritmalaridan iborat, shu sababli bu qotishmalarning solishtirma qarshiligi katta va qarshilik temperatura koeffitsientning qiymatlari kichik bo‘ladi.
Qotishmalarning markalarida qotishmalarning asosiy qismlari harflar bilan belgilanadi: xrom (X), nixel (N), aluminiy (Yu) va titan (T). Harfdan keyingi raqam shu metallning qotishmadagi o‘rtacha miqdorini ko‘rsatadi. Masalan, X2ON8O markali nixrom massasining 20% ni xrom va 80% ni nikel tashkil qkladi.
Jadvalda turmushda ko‘p ishlatiladigan ba’zn olovbardosh qotishmalarning tarkibi va asosiy xarakteristikalari keltirilgan. 15-jadvalda ko‘rsatilgan asosiy komponentlardan tashqari olovbardosh qotishmalar tarkibiga aralashmalar (0,06—0,15% uglerod, 0,5—0,35% fosfor va 0,03% oltingugurt) ham kiradi, ular shu qotishmalardan tayyorlangan sim va lentalarning ma’lum darajada mo‘rtligiga sabab bo‘ladi. Har qanday o‘tkazgich qotishma ishlab chiqarishda ham aralashmalarning miqdorini minimumga keltirishga harakat qilinadi.
Olovbardosh qotishmalardan tayyorlangan buyumlar (sim lentalar) asosan elektr qizdirish asboblari, reostatlar va rezistorlarda ishlatiladi.
Adabiyotlar:

1)K.P.Bogorodiskiy, V.V.Pasinkov, “Elektrotexnicheskiy materiali”1985g


2)I.Xolikulov,M.M.Nishonova”Elektron texnika materiallari“ Toshkent shark 2006y
3)N.V.Nikulin, V.A.Nazarov ”Radiomateriallar va komponentlar “ Toshkent

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin