Ks= VG/VM. K skattalikning qiymati qancha katta bo‘lsa, gisterezis sirtmog‘i
shunchalik
to‘g‘ri burchakliroq bo‘ladi. EHM larning xotira qurilmalarida va avtomatikada qo‘llaniladigan magnit materiallar uchun
Ks = 0,70,9 bo‘ladi.
Solishtirma hajmiy energiya Wm(J/m3) magnit qattiq materiallar xossalarini baholash uchun qo‘llaniladigan xarakteristika bo‘lib, Wm=(VdNd/2) m ko‘rinishda ifodalanadi, bunda Vd— solishtirma hajmiy energiyaning maksimal qiymatiga mos keluvchi induksiya Tl ; Nd - solishtirma xajmiy energiyaning maksimal qiymatiga mos keluvchi magnit maydon kuchlanganligi, A/m.
Ochiq magnit uchli magnitsizlanish egri chizig‘i 1 va solishtirma magnit energiya egri chizigi 243-rasmda tasvirlangan. Chiziq 1 induksiyaning Ma’lum Vdqiymati va unga mos Ndmagnit maydon kuchlanganligida doimiy magnitning solishtirma hajmiy energiyasi maksimal Wm qiymatga erishadi. Bu energiya doimiy magnitning hajm birligiga nisbatan uning qutblari orasidagi tirqishda hosil bo‘lgan eng katta energiyadir. Wm ning son qiymati qancha katta bo‘lsa, magnit- qattiq material shuncha yaxshi va demak undan tayyorlanadigan doimiy magnit shuncha yaxshi magnit hisoblanadi.
2. Magnit materiallar tasnifi Magnit maydonda o‘zini tutishiga qarab magnit materiallar ikki guruhga bo‘linadi: magnit-yumshoq va magnit-qattiq materiallar.
Magnit-yumshoq materiallar o‘zining boshlang‘ich va maksimal magnit singdiruvchanligining katta ekani va koersitiv kuch qiymatining kichik ekani (Ns 4000 A/m) hamda magnitlanishi va magnitsizlanishining osonligi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, ularda gisterezis uchun yo‘qotishlar kam, ya’ni ularga tor gisterezis sirtmog‘i to‘g‘ri keladi (44-rasm, a, b). Magnit-yumshoq materiallarning magnit xarakteristikalari ularning ximiyaviy sofligi va kristall tuzilishining burilish darajasiga bog‘liq. Magnit-yumshoq material tarkibida turli aralashmalar qancha kam bo‘lsa, uning harakteristikasi shuncha yuqori, ya’ni uning sb va r,„ lari katta, biroq Nsva gisterezis uchun energiya yo‘qolishlari shuncha kichik bo‘ladi.
Shu sababli magnit-yumshoq materiallar ishlab chiqarishda ularning tarkibidagi eng zararli aralashmalarni uglerod, fosfor, oltingugurt, kislorod, azot va boshqa tur oksidlarni chiqarib tashlashga harakat qilinadi. Shu bilan bir vaqtda materialning kristall tuzilishini buzmaslikka va unda ichki kuchlanishlarni yuzaga keltirmaslikka intiliniladi.