Elektronika va asbobsozlik



Yüklə 4,66 Mb.
səhifə58/155
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#186248
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   155
Elektronika va asbobsozlik

Ks = VG/VM.
Ks kattalikning qiymati qancha katta bo‘lsa, gisterezis sirtmog‘i


21-rasm
shunchalik to‘g‘ri burchakliroq bo‘ladi. EXM larning xotira qurilmalarida va avtomatikada qo‘llaniladigan magnit materiallar uchun


Ks = 0,70,9 bo‘ladi.
Solishtirma hajmiy energiya Wm(J/m3) magnit qattiq materiallar xossalarini baholash uchun qo‘llaniladigan xarakteristika bo‘lib, Wm=(VdNd/2) m ko‘rinishda ifodalanadi, bunda Vd— solishtirma hajmiy energiyaning maksimal qiymatiga mos keluvchi induksiya Tl ;
Nd - solishtirma hajmiy energiyaning maksimal qiymatiga mos ke­luvchi magnit maydon kuchlanganligi, A/m.
Ochiq magnit uchli magnitsizlanish egri chizig‘i 1 va solishtirma magnit energiya egri chizig‘i 2 43-rasmda tasvirlangan. Chiziq 1 induksiyaning ma’lum Vd qiymati va unga mos Nd magnit maydon kuchlanganligida doimiy magnitning solishtirma hajmiy energiyasi maksimal Wm qiymatga erishadi. Bu energiya doimiy magnitning hajm birligiga nisbatan uning qutblari orasidagi tirqishda hosil bo‘lgan eng katta energiyadir. Wm ning son qiymati qancha katta bo‘lsa, magnit-qattiq material shuncha yaxshi va demak undan tayyorlanadigan doimiy magnit shuncha yaxshi magnit hisoblanadi.

2. Magnit materiallar tasnifi


Magnit maydonda o‘zini tutishiga qarab magnit material­lar ikki guruhga bo‘linadi: magnit-yumshoq va magnit-qattiq materiallar.
Magnit-yumshoq materiallar o‘zining boshlang‘ich va maksimal magnit singdiruvchanligining katta ekani va koersitiv kuch qiymatining kichik ekani (Ns  4000 A/m) hamda magnitlanishi va magnitsizlanishining osonligi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, ularda gisterezis uchun yo‘qotishlar kam, ya’ni ularga tor gisterezis sirtmog‘i to‘g‘ri keladi (44-rasm, a, b).
Magnit-yumshoq materiallarning magnit xarakteristikalari ularning ximiyaviy sofligi va kristall tuzilishining burilish darajasiga bog‘liq. Magnit-yumshoq material tarkibida turli aralashmalar qancha kam bo‘lsa, uning xarakteris tikasi shuncha yuqori, ya’ni uning sb va r,„ lari katta, biroq Ns va gisterezis uchun energiya yo‘qolishlari shuncha kichik bo‘ladi.

22-rasm

Shu sababli magnit-yumshoq materiallar ishlab chiqarishda ularning tarkibidagi eng zararli aralashmalarni uglerod, fosfor, oltingugurt, kislorod, azot va boshqa tur oksidlarni chiqarib tashlashga xarakat qilinadi. Shu bilan bir vaqtda materialning kristall tuzilishini buzmaslikka va unda ichki kuchlanishlarni yuzaga keltirmaslikka intiliniladi.
Magnit-qattiq; materiallar katta koersitiv kuchga (Ns4000 A/m) va katta qoldiq induksiyaga (Vg 0,1 Tl) ega. Ularning gisterezis sirtmog‘i kengroq (44-rasm v), ya’ni ularni magnitlash qiyin. Magnitlangandan so‘ng ular o‘zida magnit energiyani uzoq saqlashi mumkin, ya’ni magnit maydon manbai bo‘lib xizmat qila oladi, shuning uchun ulardan asosan turli doimiy magnitlar tayyorlashda foydalaniladi.
Magnit materiallar tarkibiy tuzilishi bo‘yicha metall, nometall va magnitodielektrik materiallarga bo‘linadi. Metall magnit materiallarga sof metallar (temir, ko­balpt, nikelp) va ba’zi metallarning magnit qotishmalari kiradi: nometall magnit materiallarga temir oksidi va boshqa metallarning kukunsimon aralashmasidan olinadigan ferritlar kiradi. Presslangan ferrit buyumlar (masalan, o‘zaklar)ga termik ishlov (1300—1500°S da) beriladi. Natijada ular qattik monolit magnit buyumga aylanadi. Ferritlar metall magnit materiallar kabi, magnit-yumshoq va magnit-qattiq turda bo‘lishi mumkin. Magnitodielektriklar 60—80% kukunsimon magnit material va 40—20% dielektrikdan iborat bo‘lgan kompozitsion materiallardir.
Ferritlar bilan magnitodielektriklar metall magni materiallardan solishtirma elektr qarshiligining kattaligi (=102108 Omm) bilan farq qiladi. Bu esa ularda uyurma toklarga sarf bo‘ladigan energiya yo‘qolishlarni keskin kamaytiradi. Bu ulardan yuqori chastotalar texnikasida fodalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, ko‘pgina ferritlarning magnit xarakteristikalari keng chastotalar diapazonida, hatto O‘YuCh da ham barqarorligini yo‘qotmaydi.

Adabiyotlar:


1)K.P.Bogorodiskiy, V.V.Pasinkov, “Elektrotexnicheskiy materiali”1985g


2)I.Xolikulov,M.M.Nishonova”Elektron texnika materiallari“ Toshkent shark 2006y
3)N.V.Nikulin, V.A.Nazarov ”Radiomateriallar va komponentlar “ Toshkent

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin