14-MA’RUZA.
Mavzu: Qattiq magnit materiallar va ularning ishlatilishi.
Reja:
Materiallarning magnit xossalari.
Magnit materiallar tasnifi.
Qattiq magnit materiallar.
T ayanch so‘z va iboralar:
Magnit maydon, ferromagnit. magnit induksiyasi, Magnitodielektriklar, Gisterezis, Uyurma toklar, Dinamik gisterezis sirtmog‘i,
Koersitiv kuch, induksiya, Magnit singdiruvchanlik, magnit maydon kuchlanganligi
Tashqi magnit maydon ta’sirida magnitlanadigan, ya’ni maxsus magnit xossalarga erishadigan materiallar magnit materiallar deyiladi. Ulardan eng asosiylari: temir, nikkelp, kobalpt va sof temirdan tayyorlangan qotishmalar.
Magnit xossalari yaqqol namoyon bo‘ladigan magnit materiallar ferromagnit materiallar yoki ferromagnetiklar deyiladi. Ferromagnit materialning Tashqi magnit maydon ta’siridagi tabiati materialdagi magnit induksiya V ning magnit maydon kuchlanganligiga bog‘liq ravishda magnitlanishini xarakterlovchi grafikning boshlang‘ich (39-rasm) qismi bo‘yicha tavsiflanadi. Magnit materiallarning xossalari ularning magnit xarakteristikalari bo‘yicha, baholanadi. Ulardan asosiylarini qarab chiqamiz.
Absolyut magnit singdiruvchanlik 0—materialning magnitlanish egri chizig‘idagi bir nuqtada olingan magnit induksiyasi V ning magnit maydon kuchlanganligi N ga nisbati bilan o‘lchanadigan xarakteristikasi bo‘lib, bu kattalik genri taqsim metr (Gn/m) hisobida o‘lchanadi; a=V/N, bu yerda V - magnit induksiya (Tl), N - magnit maydon kuchlanganligi (A/m).
Materialning nisbiy magnit singdiruvchanligi -absolyut magnit singdiruvchanlikning magnit doimiysiga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalikdir; =a/0 bu yerda 0 — vakuum uchun magnit maydonni xarakterlovchi kattalik u qisqacha magnit doimiysi deb ataladi (0 = 1,25663710~6 Gn/m), —o‘lchamsiz kattalik.
A bsolyut magnit singdiruvchanlik a dan faqat hisoblashlarda foydalaniladi. Magnit materiallarning xossalarini baholash uchun tanlangan birliklar sistemasiga bog‘liq bo‘lmagan nisbiy magnit singdiruvchanlik ishlatiladi. Bu kattalik magnit singdiruvchanlik deb yuritiladi.
Magnit singdiruvchanlik magnit maydon kuchlanganligiga bog‘liq (40-rasm). U boshlang‘ich magnit singdiruvchanlik - b va maksimal magnit singdiruvchanlik -m ga bo‘linadi. Boshlang‘ich magnit singdiruvchanlik nolga yaqin magnit maydon kuchlanganligida o‘lchangan miqdordir. 6 va m larning qiymatlari katta bo‘lsa, ushbu magnit material kuchsiz va kuchli magnit maydonlar ta’sirida oson magnitlanadigan material hisoblanadi.
M agnit singdiruvchanlikning temperatura koeffitsientini TK. ferromagnetik temperaturasiga bog‘liq ravishda magnit singdiruvchanligining o‘zgarish xarakterini baholashga imkon beradi. Magnit singdiruvchanlik temperaturalarning kichik T2-T1 oralig‘ida chiziqli o‘zgarganda TK(1/°S) kattalik ushbu formula bo‘yicha hisoblab topiladi: TK=(2—1)/1 (T2—T1), bunda 1 va 2—materialning mos ravishda T1 va T2 temperaturalardagi magnit singdiruvchanliklari.
41-rasmda magnit singliruvchanlikning temperaturaga bog‘liqligi tasvirlangan. Magnit singdiruvchanlik keskin ravishda nolgacha tushadigan temperatura Kyuri temperaturasi (Tk) deb ataladi. Bu temperaturadan yuqori qiymatlarda ferromagnetikning magnitlanish jarayoni materialning atomlari va molekulalarining issiqlik harakati jadallashgani tufayli o‘zgaradi, natijada bu material ferromagnetik bo‘lmay qoladi. Masalan, sof temir uchun TK=768°S, nikelp uchun Tk=358°S, kobalpt uchun Tk=11310S.
Hamma magnit materiallar uchun o‘ziga xos bo‘lgan induksiya Vs to‘yinish induksiyasi deb ataladi. Berilgan magnit maydon kuchlanganligida V qancha katta bo‘lsa, bu material shuncha yaxshi deb hisoblanadi. Boshlang‘ich magnitlanishni ko‘rsatuvchi grafikdan (39- rasmga qarang) ko‘rinib turibdiki, magnit maydon kuchlanganligi ortishi bilan induksiya avval tez, keyin sekin ortadi, Vs ga yetgandan keyin esa deyarli o‘zgarmaydi.
Agar magnit material namunasi magnit maydon kuchlanganligi N ni uzluksiz orttira borib magnitlanadigan bo‘lsa, u holda magnit induksiya V ham boshlang‘ich magnitlanish egri chizig‘i bo‘yicha uzluksiz orta boradi. Bu egri chiziq to‘yinish induksiyasi Vs ga mos keluvchi nuqtadan tugaydi. N kuchlanganlik kamayganda magnit induksiya ham kamaya boradi, biroq Vm qiymatga kelgandan so‘ng boshlang‘ich magnitlanish egri chizig‘i 1 bo‘yicha bormay, yo‘nalish 2 bo‘yicha boradi (42- rasm).
Qoldiq magnit induksiya Vr ferromagnit materialda, magnit maydon kuchlanganligi nolga teng bo‘lganda, magnitsizlanish jarayonida kuzatiladi. Material namunasi magnitsizlantirish uchun magnit maydon kuchlanganligi N ni teskari yo‘naltirish kerak. Induksiya nolga teng bo‘lib qoladigan maydon kuchlanganligi Ns koersitiv kuch deb atalady. Koersitiv kuch qancha katta bo‘lsa, material shuncha kam darajada magnitsizlanadigan material bo‘lib hisoblanadi.
Material namunasini qarama-qarshi yo‘nalishda magnitsizlagandan so‘ng unda yana to‘yinish induksiyasi—Vs kuzatiladi. Magnit maydon kuchlanganligi yana N=0 gacha kamayganda va boshlang‘ich yo‘nalishda magnitlanish davom ettirilganda induksiya o‘zluksiz ravishda Vs gacha ortadi. Natijada yopiq sirtmoq hosil bo‘ladi. Bu sirtmoq chegaraviy (yoki statik) gisterezis sirtmog‘i deb atalady. Magnit induksiya to‘yinish induksiyasiga teng bo‘lgandagi doimiy magnit maydon +N dan -N gacha sekin o‘zgartira berish bilan olingan gisterezis sirtmog‘i chegaraviy gisterezis sirtmog‘i deyiladi.
Gisterezis uchun solishtirma energiya yo‘qotilishi Rr — bir sikl mobaynida materialning massa birligini qayta magnitlash uchun sarf bo‘ladigan energiya yo‘qotilishi. Gisterezis uchun ketadigan solishtirma energiya yo‘qotilishi Ko‘pincha magnit material kilogrammga to‘g‘ri keladigan Vatt (Vt/kg) hisobida o‘lchanadi. Uning qiymati qayta magnitlash chastotasiga va maksimal induksiya Vm ning qiymatiga bog‘liq. Bir sikl mobaynida gisterezis uchun ketadigan solishtirma energiya yo‘qotilishi gisterezis sirtmogining yuzi bo‘yicha aniqlanadi, ya’ni gisterezis sirtmog‘i qancha katta bo‘lsa, materialda yo‘qotishlar shuncha ko‘p bo‘ladi.
Dinamik gisterezis sirtmog‘i materialni o‘zgaruvchan magnit maydon ta’sirida qayta magnitlash jarayonida yuzaga keladi va statik gisterezisga nisbatan kattaroq yuzaga ega bo‘ladi, chunki o‘zgaruvchan magnit maydon ta’sir etganda materialda gisterezisga ketadigan energiya yo‘qotishlardan tashqari, materialning magnit qovushqoqligi bilan aniqlanadigan uyurma toklarga va magnitlangandan keyingi ta’sir uchun sarflanadigan yo‘qotishlar yuzaga keladi.
Uyurma toklar uchun yo‘qotiladigan energiya RU magnit materialning solishtirma elektr qarshiligi r ga bog‘liq. Solishtirma elektr qarshilik qancha katta bo‘lsa, uyurma toklar uchun yo‘qotiladigan energiya shuncha kam bo‘ladi, uyurma toklar uchun yo‘qotiladigan energiya miqdori shuningdek magnit materialning zichligiga va uning qalinligiga bog‘liq. RU kattalik magnit induksiya Vm amplitudasining kvadratiga va o‘zgaruvchan magnit maydon chastotasi f ga ham proporsionaldir.
L ist ko‘rinishidagi magnit material namunasi uchun o‘zgaruvchan maydonda RU yo‘qotishlar ushbu formula bo‘yicha hisoblab topiladi:
bu yerda h—list qalinligi, m; Vm — magnit induksiyaning maksimal (amplituda) qiymati, Tl , f — chastota, Gs ; d — materialning zichligi, kg/m3; r — materialning solishtirma elektr qarshiligi, Omm.
Materialga o‘zgaruvchan magnit maydon ta’sir ettirib magnitlanishning dinamik egri chizig‘i va mos ravishda. dinamik gisterezis sirtmog‘i olinadi. Magnitlanishning dinamik egri chizig‘idagi induksiya amplitudasining magnit maydon kuchlanganligi amplitudasiga nisbati dinamik magnit singdiruvchanlikni beradi
=VmNm
Gisterezis sirtmog‘ining shaklini baholash uchun sirtmoqning to‘g‘ri burchakliligi koeffitsienti Ks dan — chegaraviy gisterezis sirtmog‘i (42-rasmga qarang) bo‘yicha hisoblab topiladigan xarakteristikadan foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: |