Elektronika va sxemotexnika



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/110
tarix02.01.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#47885
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110
Elektronika va sxemotexnika

energetik  zonalar  yuzaga  keladi.  Energetik  zonada  ruxsat  etilgan  sathlar  soni 
kristaldagi atomlar soniga teng bo‗ladi. Ruxsat etilgan zonalar kengligi odatda bir 
necha elektron – voltga teng (elektron – volt – bu 1V ga teng bo‗lgan potensiallar 
farqini  yengib  o‗tgan  elektronning  olgan  energiyasi).  Ruxsat  etilgan  zonadagi 
minimal energiya sathi tubi (Wc), maksimal energiya esa shipi (Wv) deb ataladi. 
7-rasmda  yarim  o‗tkazgichning zona diagrammasi  keltirilgan. Ta‘qiqlangan 
zona kengligi 

Wt yarim o‗tkazgichning asosiy parametri bo‗lib hisoblanadi. 
 


 
 
22 
22 
7 – rasm. Yarim o‘tkazgichlarni zona diagrammasi. 
 
Elektronikada  keng  qo‗llaniladigan  yarim  o‗tkazgichlarning  ta‘qiqlangan 
zona  kengliklari 

Wt  (eV)  quyidagiga  teng:  germaniy  uchun  –  0,67,  kremniy 
uchun – 1,12 va galliy arsenidi uchun -1,38. 
Dielektriklarda  ta‘qiqlangan  zona  kengligi 

Wt

2  eV,  metallarda  esa 
ruxsat etilgan zonalar bir – biriga kirib ketgan  bo‗ladi, ya‘ni mavjud emas. 
Yuqoridagi  ruxsat  etilgan  zona  o‘tkazuvchanlik  zonasi  deb  ataladi,  ya‘ni 
mos  energiyaga  ega  bo‗lgan  elektronlar,  tashqi  elektr  maydoni  ta‘sirida  yarim 
o‗tkazgich  hajmida  harakatlanishlari  mumkin,  bunda  ular  elektr  o‗tkazuvchanlik 
yuzaga  keltiradilar.  O‗tkazuvchanlik  zonasidagi  biror  energiyaga  mos  keladigan 
elektronlar  o‘tkazuvchanlik  elektronlari  yoki  erkin  zaryad  tashuvchilar  deb 
ataladilar. Quyidagi ruxsat etilgan zona valent zona deb ataladi. 
Absolyut  nol  temperaturada  (0  K)  yarim  o‗tkazgichning  valent  zonasidagi 
barcha  sathlar  elektronlar  bilan  to‗lgan,  o‗tkazuvchanlik  zonasidagi  sathlar  esa 
elektronlardan xoli bo‗ladi. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin