23
23
8 – rasmdan ko‗rinib turibdiki, kremniy xususiy kristallida uning atomining
to‗rtta valent elektroni kremniyning qo‗shni atomining to‗rtta elektroni bilan
bog‗lanib, mustahkam sakkiz elektronli qobiq (to‗g‗ri chiziq) hosil qiladi. 0 K
temperaturada bunday yarim o‗tkazgichda erkin zaryad tashuvchilar mavjud
bo‗lmaydi. Lekin temperatura ortishi bilan yoki yorug‗lik nuri tushirilganda
kovalent bog‗lanishlarning bir qismi uziladi va valent elektronlar o‗tkazuvchanlik
zonasiga o‗tish uchun yetarlicha energiya oladilar (8
b-rasm).
Natijada valent elektron erkin zaryad tashuvchiga aylanadi va kuchlanish
ta‘sir ettirilsa, u tok hosil qilishda ishtirok etadi. Elektron yo‗qotilishi natijasida
atom musbat ionga aylanadi.
Bir vaqtning o‗zida valent zonada bo‗sh sath hosil bo‗ladi va valent
elektronlar o‗z energiyalarini o‗zgartirishlariga, ya‘ni valent zonasining biror
ruxsat etilgan sathidan boshqasiga o‗tishiga imkon yaratiladi. Shunday qilib, u tok
hosil bo‗lish jarayonida qatnashishi mumkin. Temperatura ortgan sari ko‗proq
valent elektronlar o‗tkazuvchanlik zonasiga o‗tadilar va elektr o‗tkazuvchanlik
ortib boradi.
Valent zonadagi erkin energetik sath yoki erkin valent bog‗lanish qovakli
deb ataladi va u elektron zaryadining absolyut qiymatiga teng bo‗lgan erkin musbat
zaryad tashuvchi hisoblanadi. Kovakning harakatlanishi valent elektroni harakatiga
qarama – qarshi bo‗ladi.
Shunday qilib, atomlar orasidagi kovalent bog‗lanishning uzilishi bir
vaqtning o‗zida erkin elektron va elektron ajralib chiqqan atom yaqinida kovak
hosil bo‗lishiga olib keladi. Elektron – kovak juftligining hosil bo‗lish jarayoniga
Dostları ilə paylaş: