Elektronika va sxemotexnika



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/110
tarix02.01.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#47885
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110
Elektronika va sxemotexnika

2.3. Stabilitronlar 
 
Stabilitron    -  yarim  o‗tkazgichli  diod  bo‗lib,  uning  ishlash  prinsipi  r-n 
o‗tishga  teskari  kuchlanish  berilganda  elektr  teshilish  sohasida  tokning  keskin 
ortishi  kuchlanishning  uncha  katta  bo‗lmagan  o‗zgarishiga  olib  kelishiga 
asoslangan.  Stabilitronning  shartli  belgisi  3.1.b  –rasmda  keltirilgan.  Stabilitron 
sxemalarda kuchlanishni barqarorlash uchun ishlatiladi. 
Stabilitronning  asosiy  parametri  bo‗lib,  tokning    I
ST.min
  dan      I
ST.max
  gacha 
keng o‗zgarish oralig‗ida barqarorlash kuchlanishi U
ST
 hisoblanadi (3.1 a- rasm). 
Stabilitron  VAX  sidagi  ishchi  soha  elektr  teshilish  sohasida  joylashadi. 
Barqarorlash  kuchlanishi  diod  bazasidagi  kiritma  konsentratsiyasi  bilan  
aniqlanadigan  r-n  o‗tishga  bog‗liq.  Agar  yuqori  konsentratsiyaga  ega  bo‗lgan 
yarim  o‗tkazgich  qo‗llanilsa,  u  holda  r-n  o‗tish  tor  bo‗ladi  va  tunnel  teshilish 
kuzatiladi. U
ST
 ishchi kuchlanishi 3-4 V dan oshmaydi. 
Yuqori  voltli  stabilitronlar  keng  r-n  o‗tishga  ega  bo‗lishi  kerak,  shuning 
uchun  ular  kuchsiz  legirlangan  kremniy  asosida  yasaladilar.  Ularda  ko‗chkisimon 
teshilish sodir bo‗ladi, barqarorlash kuchlanishi esa 7 V dan ortmaydi. U
ST
 3 dan 7 
V  gacha  bo‗lgan  oraliqda  teshilishning  ikkala  mexanizmi  ishlaydi.  Sanoatda 
barqarorlash  kuchlanishi  3  dan  400  V  gacha  bo‗lgan  stabilitronlar  ishlab 
chiqariladi. 
 


 
 
38 
38 
 
 
18 – rasm. Stabilitronning VAX. 
 
 
Stabilitronning  elektr  teshilish  sohasidagi  differensial  qarshiligi  r
D
 
barqarorlash  darajasini  xarakterlaydi.  Bu  qarshilik  qiymati  dioddagi  kichik 
kuchlanish  o‗zgarishi  qiymatining  diod  toki  o‗zgarishiga  nisbati  bilan  aniqlanadi 
(18 a- rasm). r
D
 qiymati qancha kichik bo‗lsa, barqarorlash shuncha yaxshi bo‗ladi. 
СТ
СТ
Д
I
U
r



 
Stabilitronning  asosiy  parametri  bo‗lib  barqarorlash  kuchlanishining 
temperatura  koeffisienti  (KTK)  hisoblanadi. KTK  –  bu  temperatura    bir  gradusga 
o‗zgarganda  barqarorlash  kuchlanishining  nisbiy  o‗zgarishi.  Ko‗chkisimon 
teshilish kuzatiladigan kichik voltli stabilitronlar odatda musbat KTKga ega. KTK 
qiymati odatda 0,2 -0,4 % /grad dan oshmaydi. 
 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin