Yuqori chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (YuCh diodlar) o‗n va yuz megagers
chastotagacha bo‗lgan signallarni nochiziqli elektr o‗zgartirishga mo‗ljallangan.
YuCh diodlari yuqori chastota signallari detektorlari, aralashtirgichlar, chastota
o‗zgartirgich sxemalar va boshqalarda qo‗llaniladi. Yuqori chastota diodlari kichik
inersiyaga ega, chunki kichik yuzaga ega bo‗lgan nuqtaviy r-n o‗tishga ega va shu
sababli ularning to‗siq sig‗imi pikofaradning bir qismini tashkil etadi.
Shottki to‘sig‘ili diodlar kuchlanish manbai qayta ulagichlarida keng
tarqalgan, chunki ular qayta ulanish ishchi chastotasini 100 kGs va undan
yuqoriga
orttirishga,
radioelektron
apparatura
og‗irligi,
o‗lchamlarini
kichraytirishga va kuchlanish manbai FIK oshirishga imkon yaratadilar. Shottki
to‗sig‗i metallni yarim o‗tkazgich bilan kontakti natijasida hosil qilinadi. Yarim
o‗tkazgich material sifatida ko‗p hollarda n–turdagi kremniy, metall sifatida esa
Al, Au, Mo va boshqalar qo‗llaniladi. Bu vaqtda metall chiqish ishi kremniy
chiqish ishidan katta bo‗lishi talab qilinadi. Bunday diodlarda diffuziya sig‗imi
nolga teng, to‗siq sig‗imi esa 1 pF dan oshmaydi.