Bipolyar tranzistorning ulanish sxemalari. Tranzistor
sxemaga
ulanayotganda chiqishlaridan biri kirish va chiqish zanjiri uchun umumiy qilib
ulanadi, shu sababli quyidagi ulanish sxemalari mavjud: umumiy baza (UB) (24 a-
rasm); umumiy emitter (UE) (24 b-rasm); umumiy kollektor (UK) (24 v- rasm).
Bu vaqtda umumiy chiqish potensiali nolga teng deb olinadi. Kuchlanish manbai
qutblari va tranzistor toklarining yo‗nalishi tranzistorning aktiv rejimiga mos
keladi. UB ulanish sxemasi qator kamchiliklarga ega bo‗lib, juda kam ishlatiladi.