43
43
III BOB. TRANZISTORLAR
3.1. Bipolyar tranzistorlar
Bipolyar tranzistor deb o‗zaro ta‘sirlashuvchi ikkita p
-n o‗tish va uchta
elektrod (tashqi chiqishlar)ga ega bo‗lgan yarim o‗tkazgich asbobga aytiladi.
Tranzistordan tok oqib o‗tishi ikki turdagi zaryad tashuvchilar - elektron va
kovaklarning harakatiga asoslangan.
Bipolyar tranzistor p
-n-p va
n-p-n o‗tkazuvchanlikka ega bo‗lgan uchta
yarim o‗tkazgichdan tashkil topgan (22
a va
b-rasm). Endilikda keng tarqalgan
n-
p-n tuzilmali bipolyar tranzistorni ko‗rib chiqamiz.
Tranzistorning kuchli legirlangan chekka sohasi (
n
+
- soha)
emitter deb
ataladi va u zaryad tashuvchilarni
baza deb ataluvchi o‗rta sohaga (
r - soha)
injeksiyalaydi. Keyingi chekka soha (
n - soha)
kollektor deb ataladi. U emiitterga
nisbatan kuchsizroq legirlangan bo‗lib, zaryad tashuvchilarni baza sohasidan
ekstraksiyalash uchun xizmat qiladi (23- rasm). Emitter va baza oralig‗idagi o‗tish
emitter o‗tish, kollektor va baza oralig‗idagi o‗tish esa -kollektor o‗tish deb ataladi.
22 – rasm.
Dostları ilə paylaş: