R-n o„tish toklari. q U U R i
energiyaga ega bo‗lgan ko‗pgina zaryad
tashuvchilar (11- rasmga qarang) p-n o‗tish orqali qo‗shni sohalarga diffuziya
hisobiga p-n o‗tish maydoniga qarama–qarshi ravishda siljiydilar. Ular diffuziya tokini yuzaga keltiradilar. Asosiy zaryad tashuvchilarning p-n o‗tish orqali harakati
bilan bir vaqtda, p-n o‗tish ular uchun tezlatuvchi bo‗lib ta‘sir ko‗rsatayogan
maydon ta‘sirida asosiy bo‗lmagan zaryad tashuvchilar ham harakatlanadilar.
Asosiy bo‗lmagan zaryad tashuchilar oqimi dreyf tokini yuzaga keltiradi. Tashqi
maydon ta‘sir ettirilmaganda dinamik muvozanat o‗rnatiladi, ya‘ni diffuziya va
dreyf toklarining absolyut qiymatlari teng bo‗ladi. Lekin diffuziya va dreyf toklari
o‗zaro qarama–qarshi yo‗nalishda yo‗nalganligi uchun, p-n o‗tishdagi natijaviy tok
nolga teng bo‗ladi.