Elektronika va sxemotexnika


P-n o„tishning to„g„ri ulanishi



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/110
tarix02.01.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#47885
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110
Elektronika va sxemotexnika

P-n o„tishning to„g„ri ulanishi. Agar p-n  o‗tishga tashqi kuchlanish 
manbai U ulansa, u holda muvozanat sharti buziladi va tok oqib o‗ta boshlaydi. 


 
 
30 
30 
Agar kuchlanish manbaining musbat qutbi p-turdagi sohaga, manfiy qutbi esa n-
turdagi sohaga ulansa, bunday ulanish to‘g‘ri ulanish deb ataladi (11 - rasm). 
 
 11 – rasm. p-n o‘tishning to‘g‘ri ulanishi. 
 
Kuchlanish manbaining elektr maydoni kontakt maydon tomonga yo‗nalgan 
bo‗ladi,  shu  sababli    p-n    o‗tishdagi  natijaviy  maydon  kuchlanganligi  kamayadi. 
Maydon  kuchlanganligining  kamayishi  potensial  to‗siq  balandligini  kuchlanish 
manbai    qiymatiga  kamayishiga  olib  keladi:  U

=  U
0
.  Bu  vaqtda  p-n  o‗tish 
kengligini ham kamayishini ko‗rish mushkul emas. 
Potensial  to‗siq  balandligining  kamayishi  shunga  olib  keladiki,  p-n  o‗tish 
orqali  harakatlanayotgan  asosiy  zaryad  tashuvchilarni  soni  ham  ortadi,  ya‘ni 
diffuziya toki ortadi. Har bir sohada ortiqcha asosiy bo‗lmagan zaryad tashuvchilar 
konsentratsiyasi  yuzaga  keladi  –  n-sohada  kovaklar,  p-sohada  elektronlar.  Biror 
yarim  o‗tkazgich  sohasiga  asosiy  bo‗lmagan  zaryad  tashuvchilarni  siqib  kiritish 
jarayoni injeksiya deb ataladi. 
Kuchlanish  o‗zgarishi  bilan  diffuziya  tokining  o‗zgarishi  eksponensial 
qonun asosida ro‗y beradi: 
kT
qU
ДИФ
e
I
I
/
0
0

             (2.1) 
 
bu  yerda    I
0
  –  dreyf  toki  bo‗lib,  uni    p-n  o‘tishning  teskari  toki  deb  ham 
atashadi.  
To‗g‗ri kuchlanish berilganda potensial to‗siq balandligiga teskari  tok ta‘sir 
ko‗rsatmaydi,  chunki  bu  tok  faqat  p-n  o‗tish  orqali  birlik  vaqt  ichida  tartibsiz 
issiqlik harakati tufayli olib o‗tilayotgan asosiy bo‗lmagan zaryad tashuvchilarning 
soni bilan belgilanadi. Diffuziya va  dreyf toklari bir-biriga nisbatan qarama-qarshi 
yo‗nalgan bo‗ladi, shu sababli p-n o‗tish orqali oqib o‗tayotgan natijaviy (to‗g‗ri) 
tok (2.1) dan kelib chiqqan holda 


1
/
0
0
0




kT
qU
ДИФ
ТЎГ
e
I
I
I
I
 .  (2.2) 
 
I
0
 toki germaniyli p-n o‗tishlarda o‗nlab mkA yoki kremniyli p-n o‗tishlarda 
nanoamperlarni tashkil etadi va temperatura ortishi bilan kuchli ravishda tok ham 
ortadi.  Lekin    I
0   
qiymatidagi  katta  farq
   
ta‘qiqlangan  zona  kengligi    bilan 
aniqlanadi. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin