Электротехника фанида трансформатлар ва уларнинг уланиш гуруҳини аниқлашни ўргатишда янги ўқув усулларидан фойдаланиш



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/20
tarix19.12.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#76362
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish gruhini aniqlashni orgatishda yangi oquv usullaridan foydalanish (1)

Tokni o`lchash transformatori. Kuchli toklarni kuchsiz tokka aylantirishda 
tok transformatorlari ishlatiladi. Bunday transformator birlamchi chulg`amining 
o`ramlari soni ko`p bo`lmay, asosiy elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi va 
o`lchanadigan tok u orqali o`tadi. Ikkilamchi chulg`amining o`ramlari soni 
13-расм 


35 
nisbatan 
ko`p 
bo`lib, 
unga 
o`lchov 
asboblari 
(ampermetr, 
vattmetr, 
schyotchiklarning tokli g`altaklari) ketma-ket ulanadi. 
Tok transformatorining zanjirga ulanish sxemasi va belgilanishi 14-rasm, a 
va b da ko`rsatilgan. 
Tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti quyidagicha ifodalanadi: 
1
2
2
1
W
W
I
I
k
ном
ном
I

O`lchanayotgan tokning haqiqiy qiymatini bilish uchun ampermetrning 
ko`rsatishini transformatsiya koeffitsienti k

ga ko`paytirish kerak. Ikkilamchi 
chulg`amning nominal toki (I
2nom
) 5 amperga mo`ljallangan bo`lib, unga 
ulanadigan elektr o`lchov asboblari birlamchi chulg`amdan o`tadigan tokka moslab 
darajalanadi. Ulanadigan o`lchash asboblarining elektr qarshiligi unchalik katta 
bo`lmaydi. Shuning uchun tok transformatori, ko`pincha, qisqa tutashuv rejimida 
ishlaydi. Demak, tok transformatorini ishlatishda ikkilamchi chulg`amga 
ulanadigan nagruzkaning qarshiligi nominaldan oshmasligi shart. Birlamchi 
zanjirdan tok o`tib turganida ikkilamchi zanjir aslo uzilmasligi va ochilib 
qolmasligi kerak. Mabodo ikkilamchi zanjir uzilsa, tok transformatoridagi magnit 
oqimi kuchayib ketib, ikkilamchi chulg`am uchlarida hayot uchun havfli 
kuchlanish yuzaga keladi. Shuning uchun tok transformatorning ikkilamchi 
chulg`ami elektr o`lchov asboblariga ulangan yoki qisqa tutashgan bo`lishi shart.
Tok transformatorlari 0,2; 0,5; 1,0; 3,0; 10 aniqlik sinflariga ega. 

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin