40
qilgan magnit oqimi esa undagi tok kuchi bilan uramlari soniga ko`paytmasi
bilan aniqlangani uchun taxminan qo`yidagicha bo`ladi.
I
1
2
1
=I
1
2
2
Bu formula transformator nagruzka bilan ishlaganda birlamchi va
ikkilamchi sho`lg`amlarning tok kuchi hamda uram sonlari orasidagi
bog`lanishni ifodalaydi. Transformator nagruzkasi deganda ikkilamchi
sho`lg`amdagi tokning to`la aktiv quvvati tushiniladi.
Bu formuladan transformator sho`lg`amlaridagi tok kuchlari
ularning uram sonlariga teskari proportsional ekanligi kelib chiqadi. Shunday
qilib, transformatorda elektrik energiyaning bir zanjirdan ikkinchi zanjirga
elektromagnit induktsiya hodisasi yordamida uzatilishi sodir bo`ladi.
Transformatorda sho`lg`amlardagi issiqlik ajratishga va o`zakning qayta
magnitlanishiga ketadigan energiya sarfi juda kam bo`ladi. Transformator
qancha quvvatli bo`lsa, uning foydali ish koeffitsienti shuncha yuqori bo`ladi.
Quvvatli transformatorning f.i.k. 98% gacha etadi. Bu esa berilgan quvvatli
tokni transformatsiyalash uchun kam quvvatli bir necha transformator o`rniga
shu quvvatga mo`ljallangan bitta transformatordan foydalanish maqsadga
muvofiq ekanligini bildiradi.
Energiyaning yuqolishini hisobga olmay, taxminan qo`yidagi xulosaga
kelishi, transformator sho`lg`amlariga ulangan ikkala zanjirdagi elektr tokining
quvvati birday va asosan ikkilamchi sho`lg`am zanjiriga ulangan asboblarning
iste`mol quvvati bilan aniqlanadi.
Agar transformatorning birlamchi sho`lg`amini o`zgarmas tok zanjariga
ulansa, u holda transformator o`zagidagi magnit maydoni o`zgarmas bo`ladi,
shuning uchun ikkilamchi sho`lg`amda e.yu.k. induktsiyalanmaydi.
Dostları ilə paylaş: