201
IV bob. 15-mavzu.
ELEKTR YURITMA ASOSLARI
Reja:
15.1.
“Elektr
yuritma”
to‘g‘risida
tushuncha.
Elektr
yuritmaning
tasniflanishi(klassifikatsiyalanishi).
15.2.
Elektr yuritma mexanikasi. Elektr yuritmaning asosiy harakat tenglamasi.
15.3.
Turli texnologik jarayonlarda qo‘llanilasdigan ish mashinalarining mexanik
tavsiflari.
15.4.
Elektr yuritmalarning ish rejimlari.
15.4.1.
Uzoq, qisqa va qaytalanuvchi – qisqa ish rejimlari;
15.4.2.
O‘tkinchi jarayonlar.
15.4.3.
Elektr yuritmalarni tormozlash usullari.
15.1.
“Elektr yuritma” to‘g‘risida tushuncha. Elektr yuritmaning tasniflanishi(klassifikatsiyalanishi).
“Elektr yuritma” to‘g‘risida tushuncha.
Suv va bug‘ turbinalari hamda shamol,
ichki yonuv va
elektr motorlari bilan harakatlanuvchi yuritmalar mexanik yuritmalar deb ataladi. Mexanik yuritmalardan
eng afzali elektr motorli yuritma bo‘lgani uchun statsionar ish mashinasi va mexanizmlarining asosiy
yuritmasi sifatida elektr motorli yuritmadan foydalaniladi. Elektr motorli yuritma qisqacha elektr
yuritma deb ataladi.
Elektr yuritma texnologik mexanizmlarni ishchi organini harakatga keltirish uchun xizmat qiladi.
Elektr
yuritma deb elektr motor, uzatuvchi mexanizm va ishchi organdan iborat umumlashgan
qurilmaga aytiladi. Avtomatlashgan elektr yuritma tarkibiga yana elektr energiya o’zgartkichi, datchiklar
va elektr yuritmani boshqarish tizimi kiradi. Bundan tashqari elektr yuritma tarkibiga aniqlik va tezlikni
oshiradigan kushimcha elementlar kiritilishi mumkin. Masalan, EHM, raqamli datchiklar,
muvofiqlashtiruvchi elementlar qo’llanilishi mumkin.
Elektr yuritma bilan elektr energiyasini mexanik
energiyasiga aylantirib, bu mexanik harakatni
elektr usulda boshqarish imkoni olinadi. Demak, elektr yuritma asosan elektr motori,
uzatma va
motorni boshqaruvchi elektr jihozlardan iborat bo‘ladi.
Respublikamiz suv xo‘jaligi tizimida hozirgi kunda ko’plab nasos stansiyalari va vertikal quduqlardagi
nasos agregatlari ishlab turibdi. Ular yordamida 2100 ming gektardan ziyod maydonlar sug‘oriladi.
202
Ishlab chiqarishning energetik asosini elektr yuritma tashkil qilib, uning texnikaviy darajasi
texnologik qurilma samaradorligini belgilaydi.
Elektr yuritmaning taraqqiyoti, motorlar, uskuna-jihozlar,
o‘zgartgichlar, analog va raqamli boshqaruv vositalarini yanada takomillashtirish hisobiga uning tejamliligi
va ishonchliligini orttirishni taqozo etadi.
Hozirda ushbu jarayonda, mikroprotsessorlarning ko‘plab
qo‘llanilishi, elektr yuritmalarning funktsional imkoniyatlarini sezilarli kengaytiradi va uning texnikaviy
hamda iqtisodiy tavsiflarini yaxshilaydi. Elektr yuritma bajarayotgan funktsiyalarining kengayishi va
murakkablashishi, unda boshqarishning yangi vositalarini qo‘llanilishi,
uning loyihalashtirish, yig‘ish,
sozlash va ishlatish bilan mashg‘ul bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashning yuqori darajasini talab qiladi.
Har bir takomillashgan mashina uchta asosiy qismdan, ya’ni motor-mashina, uzatma va ish quroli -
mashinadan iborat bo‘ladi. Bunday takomillashgan mashina ishlab chiqarish agregati deb, uning
uchinchi qismi ish quroli - mashina esa ish mashinasi yoki ish mexanizmi deyiladi.
Dostları ilə paylaş: