206
asinxron elektr yuritma
;
o‘zgarmas tok elektr yuritmasi;
sinxron elektr yuritma;
chiziqli elektr yuritma.
Ba’zi elektr yuritmalar texnologik mashina turiga qarab tasniflanadi. Masalan: vibroelektryuritma
va shunga o‘xshashlar.
Funktsional va printsipial sxemalar
-Elektr yuritma murrakab elektromexanik tizim bo’lib
odatda ular elektr yuritma elementlaridan tashkil topadi. Elektr yuritma
nazariyasida bu elementlar
bajariladigan vazifasiga ko’ra tasniflanadi. Elektr yuritmalarni o‘rganishda odatda tarkibiy (strukturaviy)
sxemalardan foydalaniladi. Bunda har bir element alohida to’rtburchak shaklida va kirish hamda chiqish
signallari bilan beriladi. Undan tashqari har bir elementning boshqa elementlar
bilan boshlanishlari
ko’rsatiladi. Har bir element odatda tarkibiy sxemalarda uzatish funktsiyalari
bilan yoki uzatish
koeffitsientlari bilan xarakterlanadi.
Elektr yuritmalarni ishlash prinsiplari funktsional va prinsipial elektr sxemalarda ifodalanadi(15.3 va
15.4-rasmlar.).
15.3-rasm. Funktsional sxemaga misol.
Funktsional sxemalarda funktsional birlik sifatida alohida qurilma olinadi va ularni ishlash
tamoyili
bilan bog‘lab beriladi.
Printsipial sxemalarda esa elektr yuritmaning kuch va boshqaruv zanjiridagi elektr bog‘lanishlar bir
chiziqli elektr sxemada beriladi. Elektr sxemadagi elementlar (kontaktlar, kommutatsion apparatlar rele va
h.k.) shartli belgilar orqali ko‘rsatiladi.
207
15.4-rasm. Printsipial sxemaga misol.
Elektr yuritma harakatni uzatilishiga qarab turlari.
Elektr yuritma harakatni uzatilishiga qarab
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Transmissiyali, bunda harakat bir motordan bir necha ishchi mexanizmga uzatiladi.
2. Individual (yakka), bunda har bir ishchi organ alohida motorga (yuritmaga) ega bo‘ladi.
3. O‘zaro bog‘langan (ko‘p motorli), bunda elektr yuritma tizimi bir texnologik jarayonda yagona
boshqarish tizimi orqali bir necha (o‘nlab) motorlarni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: