205
Ushbu yuritma EKG-5 ekskovatorining ko’tarish(1), bosim(2), platformani aylantirish(3), zanjirli
gildirak(4) va kovsh(cho’mich)ning tagini ochish(5) yuritmalariga mo’ljallangan 5 ta o’zgarmas tok
dvigatellarini qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellarga alishtirishni ta’minlaydi. Bu o’z navbatida EKG-
5 ekskovatorining elektr yuritmasi FIK ni 90% gacha, quvvat koeffitsientini esa 95% gacha orttirish
imkonini yaratadi.
Elektr motorlari ish organidan alohida o‘rnatilgan bo‘lsa, bunday mashina yoki mexanizm
yuritmalari oddiy ko‘p motorli elektr yuritmalar deb ataladi. Elektr motorlari murakkab mashinaning
ish organlariga bevosita o‘rnatilsa, bunday yuritmani individual ko‘p motorli elektr yuritma deb ataladi.
Bunday elektr yuritma maxsus stanoklarda, agregat va nusxa olish stanoklarida keng qo‘llaniladi.
Elektr motorlari sistemasiga ega bo‘lgan bir necha ish mashinalarining kompleks ishlab chiqarishda
o‘zaro mos ishlashini ta’minlaydigan yuritmani agregatlangan ko‘p motorli elektr yuritma deb ataladi.
Bunday elektr yuritmalar to‘qimachilik, qog‘oz
ishlab chiqarish, bosmaxona mashinalari va
stanoklarning avtomat liniyalarida keng qo‘llaniladi.
Boshqarish apparatlari bilan avtomatik ravishda ishga tushiriladigan, to‘xtatiladigan va berilgan
chastota, tok yoki momentni o‘zgartirmay saqlab turadigan yuritmani avtomatlashtirilgan elektr yuritma
deb ataladi.
Texnologik talablarga binoan chastotasi keng miqyosda o‘zgartiriladigan yuritma rostlanuvchi
elektr yuritma deb ataladi. Avtomatlashtirilgan va rostlanuvchi elektr yuritmada yuqoridagi uch asosiy
qismlardan tashqari o‘zgartgich deb ataladigan qism ham bo‘lishi mumkin.
Avtomatlashtirilgan elektr yuritma bilan texnologik jarayonni takomillashtirish, uning talablarini
to‘la qondirish, ish unumini ko‘tarish, mahsulot sifatini yaxshilash, uning tannarxini pasaytirish
imkonlari yaratiladi.
Funktsional sxemalarda funktsional birlik sifatida alohida qurilma olinadi va ularni ishlash tamoyili
bilan bog‘lab beriladi. Prinsipial sxemalarda esa elektr yuritmaning kuch va boshqaruv zanjiridagi elektr
bog‘lanishlar bir chiziqli elektr sxemada beriladi. Elektr sxemadagi elementlar (kontaktlar, kommutatsion
apparatlar rele va h.k.) shartli belgilar orqali ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: