Elektrotehnika va elektronika


O‘lchash o‘zgartkichlarining asosiy metrologik tavsiflari va umumiy



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

O‘lchash o‘zgartkichlarining asosiy metrologik tavsiflari va umumiy 
ma’lumotlar. 
Ma’lum fizik qonunlar asosida ishlovchi va birorta o‘lchash o‘zgartirishini bajaruvchi texnik
qurilma o‘lchash o‘zgartgichi deb ataladi. Demak, o‘lchash o‘zgartgichi bir fizik kattalikni u bilan
funktsional bog‘langan boshqa bir fizik kattalik orqali aks ettiradigan qurilmadir. 


96 
Tuzilishi va ishlash asosiga ko‘ra o‘lchash o‘zgartgich (O‘O‘)lari juda xilma-xil bo‘lsada, ular
o‘zgartirish vazifasi, darajalash tavsifi, xatoligi, o‘lchash diapazoni kabi umumiy tavsiflar bilan 
xarakterlanadi. 
O‘lchash o‘zgartgichining o‘zgartirish vazifasi – o‘zgartgichning chiqish va kirish kattaliklarning
funktsional bog‘lanishi bo‘lib, analitik, jadval va grafik ko‘rinishida ifodalanadi. O‘zDavST 8009–84 ga 
ko‘ra o‘zgartirish vazifasi – O‘O‘ chiqish signali informativ parametrining kirish signali informativ 
parametri bilan funktsional bog‘liqligidir. 
Darajalash natijasida olingan chiqish va kirish qiymatlarining o‘zaro bog‘liqligi O‘O‘ning
darajalash tavsifi deyiladi. U formula, jadval va grafik ko‘rinishlarida berilishi mumkin. 
O‘O‘ning xatoligi – haqiqiy va nominal (o‘lchangan) o‘zgartirish funktsiyalari orasidagi farq 
bo‘lib, o‘lchash vositalari xatoliklari singari topiladi. O‘O‘ning o‘lchash diapazoni deb – o‘lchash xatoligi
normallashtirilgan o‘lchash kattalikning qiymatlar sohasiga aytiladi. 
O‘lchash o‘zgartkichlarining klassifikatsiyasi 
O‘O‘larning yuqorida keltirilgan tavsiflaridan tashqari parametrlarning mo‘‘tadilligi, ishonchligi, 
massasi, narxi, gabarit o‘lchamlari va boshqa parametrlari ham o‘rganiladi. 
O‘O‘lar vazifasi va ishlash tamoyiliga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Vazifasiga ko‘ra mexanik, gidravlik,
issiqlik, kimyoviy, biologik, pnevmatik va boshqa kattaliklar O‘O‘lariga bo‘linadi. O‘lchanayotgan
noelektrik kattalik unga proportsional bo‘lgan EYUK yoki tokka o‘zgartiriladi. Ularga elektromagnit
induksiyali, termoelektrik (termojuftliklar) p’ezoelektrik va galvanomagnit O‘O‘lari kiradi. Parametrik
O‘O‘larda o‘lchanayotgan kattalik qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik va sig‘im kabi elektr
zanjirining parametrlariga o‘zgartiriladi. Ularga elektromagnit (induktiv, transformator va magnit 
qisiluvchi), termorezistor, optoelektrik (fotorezistrlar, fotodiodlar va fototranzistorlar), elektrokimyo 
(elektrolitik), rezistiv va elektrostatik O‘O‘lari kiradi[16,17]. 


97 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin