Elektrotehnika va elektronika



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

V bob. 18-mavzu.
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI. 
Reja:
18.1
Fotoelementlar, 
18.2
Invertorlar, 
18.3
Yuqori hajmli akkumulyatorlar, 
18.4
Mikrogeslar, 
18.5
Biogazgeneratorlar, 
18.1. 
Fotoelementlar. 
Fotoelementlar– yorug’lik tushishi bilan elektr yurituvchi kuchi (foto EUyK) hosil qiladigan qurilma. 
Fotoelementlarni elektr vakuumli va yarim o’tkazgichli turlarga ajratiladi(18.1-rasm.).
18.1-rasm. Fotoelement turlari. 
Hozirda dunyodagi barcha ma’lum fotoelementlar ikkita katta guruhga bo’linadi: 
1.
Kristall kremniyli, yupqa plyonkali fotoelementlar; 
2.
Organik fotoelementlar. 
 


251 
Kristall kremniyli fotoelementlar - 
Kristall kremniyli fotoelementlar bu boradagi dastlabki 
texnologiyalardan hisoblanadi. Ushbu texnologiyalardan qator yillar davomida kosmonavtikada foydalanib 
kelinmoqda. 
Kremniyli fotoelement ikki qatlamdan iborat. Ichki qatlam – yuqori tozalikdagi kristall kremniy, 
tashqi qatlam esa qo’shimchalar (masalan fosfor) qo’shilgan kremniydan iborat vo’ladi.
Monokristall va polikristall fotoelementlar
- Monokristall kremniy yuqori sofligi evaziga eng yuqori 
(18% gacha) foydali ish koeffitsientiga (FIK) va eng uzoq xizmat muddati (50 yilgacha) ega. Uni tayyorlash 
texnologiyasi murakkab hisoblanadi. 
Polikristall kremniyni tayyorlash nisbatan engilroq, shunga yarasha FIK-15%, xizmat muddati esa 25 
yilgacha. Shu sababli odatda bunday panellar arzonroq narxlarda taklif etiladi. 
Bundan tashqari yana ham arzonroq amorf kremniydan tayyorlangan quyosh panellari mavjud 
bo‘lib, ularning FIK-8-10%, xizmat muddati esa 8-10 yildan ortmaydi(18.2-rasm.). 
18.2.-rasm. Chapdan monokristalli, polikristalli va elastik asosli
 
quyosh elementlari. 
Yupqa plyonkali fotoelementlar - Amorf kremniy asosidagi elementlardan yasalgan (CIS (CIGS) va 
CdTe 
тех
nologiyalari) yupqa plyonkali fotoelementlar ko’p tarqalgan bo’lib, ularning narxi qariyb ikki 
marta arzon. 
CIS (CIGS) fotoelementlari –
CIS — Copper Indium Selenide, selenning mis va indiy bilan birikmasi, 
CIGS — Copper Indium Gallium Selenide, selenning mis,indiy va galliy bilan birikmasi.


252 
Bunday elementlarda kremniy umuman yo’q. Ularning FIKsi 11%ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich yupqa 
plyonkali fotoelementlar orasida eng yuqorisi hisoblanadi. Bundan tashqari ular ob-havoning bulutli, uncha 
yorug’ bo’lmagan paytlari boshqalardan samaraliroq ishlaydi. 
CdTe fotoelementlari - Bunday fotoelementlar asosida kadmiy va tellur birikmalari yotadi. FIKsi 9%. 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin