113
Sath o‘lchagich bosim. Sathning o‘lchov birliklarida darajalangan
monometr bilan gidrostatik
bosimni o‘lchash, quyida keltirilgan sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi(9.2-rasm,a.)
Manometrik tizimining pastki qismida 2 qo‘ng‘iroq joylashgan, uning tirqishi 1
yupqa elastik
membrana bilan, yuqorigi qismi 3 manometr bilan to‘silgan. Elastik membranani qo‘llash havoning
suyuqlikda qorilib(aralashib) ketishiga yo‘l qo‘ymaydi, ammo, membrananing elastikligi(bikriligi)
tufayli
sathning cheklanishida xatolik kiritadi. Gidrostatik bosimni o‘lchashda mazkur sxemani qo‘llash
manometr ko‘rsatishlarining idishdagi suyuqlikning sathiga nisbatan joylashishiga bog‘liq bo‘lmasligi
hisoblanadi.
9.2-rasm. Gidrostatik satho‘lchagichlar bilan sathni o‘lchash schemalari.
Atmosfera bosimi ostida bo‘lgan ochiq idishlarning sathini o‘lchash (9.2-rasm,b.) rasmda
tasvirlangan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Impulsli naychalar 2 difmanometr 1 orqali idish bilan va
muvozanatlovchi 3 idish bilan ulangan.
Muvozanatlovchi idish impulsli naychadagi suyuqlikning h1 statik
bosimini kompensatsiyalash uchun mo‘ljallangan.
O‘lchash jarayonida muvozanatlovchi idishdigi
suyuqlikning sathi o‘zgarmas bo‘lishi shart(majbur). Murvat 4 idishdagi (3) sathning o‘zgarmas bo‘lishini
114
ushlab turish uchun xizmat qiladi. Impulsli naychalarni va idishni to‘latuvchi suyuqliklar zichliklarining
tengligida, va h1 = h2 shartda bosim farqi faqat idishdagi suyuqlikning h sathiga bog‘liq.
Bosim ostida ishlaydigan asboblarda sathni o‘lchashda qo‘llanadigan sxema (9.2-rasm,v) rasmda
keltirilgan. Mazkur holatda 3 muvozanatlovchi idish sathning maksimal
balandligiga mos ravishda
o‘rnatiladi va asbob bilan ulanadi. Asbobdagi P statik bosim ikkala impulsli naychalarga ham kelib tushadi,
shuning uchun bosimning
Δ
P o‘lchanayotgan farqini h=0 da
Δ
P=
Δ
Pmax, h=hmax
da esa
Δ
P=0
ko‘rinishda tasvirlash mumkin.
Unifitsirlangan tokli yoki pnevmatik signalli difmanometrlardan foydalanilishning ko‘rib chiqilgan
sxemalarda, agarda idish agressiv suyuqlik bilan to‘latilgan bo‘lsa, u holda difmanometrni idishga ulanishi
ajratuvchi idishlar orqali amalga oshiriladi.
O‘zida gidrostatik bosimni o‘lchash
amalga oshiriladigan, idishni to‘latuvchi(to‘ldiruvchi) suyuqlikda
fiksatsiyalangan(aniq belgilangan) chuqurlikda cho‘ktirilgan(botirilgan) naycha ichidan haydaladigan gaz
bosimini o‘lchash yo‘li bilan, sath o‘lchagich pezometrik deb nomlanadi.
Pezometrik sath o‘lchagichning
sxemasi (9.2-rasm,g) rasmda keltirilgan.
Pezometrik naycha 1 sath o‘lchanadigan asbobning ichida
joylashtiriladi. Gaz 2 naycha orqali sarfni cheklash uchun xizmat qiladigan drosselga kelib tushadi.
Stakancha 3 gazning sarfini o‘lchash uchun xizmat qiladi.
Vaqt birligi ichida suyuqlik to‘latilgan
idish orqali o‘tayotgan pufakchalarning sonini sanash orqali sarf aniqlanadi.
Bosim v stakanchadagi bosim
4 bosim stabilizatori yordamida o‘zgarmas qilib ushlab turiladi. Bosim gaza posle drosseldan keyingi gaz
bosimi difmanometr bilan o‘lchanadi va sathning o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi.
Gaz(havo) uzatilganda pezometrik naychada bosim asta-sekin h balandlikdagi suyuqlik ustunining
bosimiga teng bo‘lgunga qadar ortadi. Qachonki naychadagi bosim gidrostatik bosimga teng bo‘lsa,
naychalarning pastki ochiq qismidan gaz chiqishi boshlanadi. Sarf shunday tanlanadiki, naychandan gaz
alohida pufakchalar ko‘rinishda ajralib chiqib boshlaydi.
Pezometrik sath o‘lchagichlar sathni keng chegaralarda o‘lchash imkonini beradi: bir necha o‘n
santimetrdan 10-15 m gacha. Pezometrik yo‘l bilan naychadagi bosimni o‘lchashda
unifitsirlangan chiqish
signalli difmanometr bilan foydalanishda keltirilgan xatolik ±(1,0-1,5)% ni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: