109
Tuproqning o‘rtacha haroratini o‘lchash asbobining sxemasi
8.14-rasm. Tuproq o‘rtacha haroratini o‘lchash asbobining sxemasi
Nazorat savollari
1.
Suyuqlik sathini o‘lchash va avtomatik nazorat qilish
vositalari haqida nimalarni
bilasiz?
2.
O‘lchashlarning usuli bo‘yicha sath o‘lchagichni nechta asosiy guruhlarga ajratish
mumkin ?
3.
Tuproqning qattiqligi va zichligini o‘lchash asboblari haqida nimalarni bilasiz?
4.
Qattiq jismlarning to‘kilishdagi zichligi haqida
nimalarni
bilasiz ?
5.
Areometrlar vazifasi va turlari ?
6.
Radioizotopli zichlik o‘lchagichlar.
7.
PJR
rusumli radioizotopli zichlik o‘lchagichning tamoyilli sxemasi haqida nimalarni
bilasiz ?
8.
Tuproq haroratini o‘lchash uchun asbob sxemasini chizib tushintiring.
9.
Tuproq o‘rtacha haroratini o‘lchash asbobining sxemasgai misol keltiring.
110
II bob. 9-mavzu.
SUYUQLIK VA GAZ SARFINI O‘LCHAYDIGAN ASBOBLAR.
Reja:
9.1. Umumiy ma’lumotlar va klassifikatsiyasi(tasniflanishi).
9.2. Mexanik sath o‘lchagichlari.
9.3. Sathni o‘lchashning gidrostatik vositalari.
9.4. Sathni o‘lchashlarning elektr vositalari.
9.5. Radioizotopli, radioto‘lqinli va akustik sath o‘lchagichlari.
9.1. Umumiy ma’lumotlar va klassifikatsiyasi(tasniflanishi)
Texnologik apparat ishchi muhiti – suyuqlik yoki to‘kiluvchan(donador) jismlar bilan to‘ldirilish
balandligiga sath deyiladi. Ishchi muhitdagi sath texnologik parametr bo‘lib, u haqidagi axborot texnologik
apparatning ish rejimini nazorat qilish uchun, ba’zi bir hollarda esa ishlab chiqarish jarayonini boshqarish
uchun zarurdir.
Sathni chegaralashning zamonaviy usullari va ulardan foydalanishga asoslangan jihozlar turli -
tumandir.
Sath o‘lchagich quyidagilarga bo‘linadi: sathni uzliksiz o‘lchash
asboblariga, yoki sathning
ko‘rsatkichlari,
va indikatorlari, yoki signalizatorlariga. Uzliksiz nazorat qilishga mo‘ljallangan sathning
o‘lchagchlari texnologik sig‘imlarda sathning tezkor o‘zgarib turishida ishlatladi. Sathning
signalizatorlari(xabar bergichlari) diskretli o‘lchashlarni bajarish uchun
bir yoki bir nechta aniq
belgilangan(fiksatsiyalangan) holatini aniqlashda sezgir elementlar o‘rnatish joyida ishlatiladi. Texnologik
jarayonlarni avtomatik rostlash va boshqarish tizimlarida sathni ko‘rsatkichlari va signalizatorlari(xabar
bergichlari) birlamchi axborot datchiklari sifatida keng foydalaniladi.
Ishlash tamoyili bo‘yicha asboblar sathni o‘lchash uchun va signal(xabar) beruvchi quyidagi
guruhlarga bo‘linadi: mexanicheskli(qalqovichli,
membranali, kontaktli-mexanikli); gidrostatik, elektrli,
radioizotopli, radioto‘lqinli, akustik, og‘irlikli va boshq.
O‘lchash diapazoni(poyoni, kengligi) bo‘yicha: o‘lchash chegaralari 0-20
m li keng poyonli sath
o‘lchagichlari va o‘lchash chegaralari - 0 - ±100 mm yoki 0 - ±450 mm tor poyonli[16,17].
Dostları ilə paylaş: