Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


Sinxron mashinalarning tuzilishi va turlari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə27/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

Sinxron mashinalarning tuzilishi va turlari.

Sinxron mashinalarning statori (qo‘g‘almas qismi) va rotori (aylanuvchi qismi) asosiy qismi hisoblanadi.


Sinxron mashina statorining tuzilishi asinxron mashina statorining tuzilishiga o‘xshash.Stator—mashinaning korpusi, asosi (stanini) va korpus ichidagi temir o‘zak, uning pazlarida joylashgan yakor chulg‘amlaridan iborat bo‘ladi. Statorning temir o‘zagi qalinligi 0,35-0,5mm (katta quvvatli mashinalarda 1-1,5mm) bo‘lgan (maxsus po‘latdan tayyorlangan) ayrim plastinkalardan yig‘iladi. Stator cho‘lg‘ami mis simdan o‘raladi. Odatda stator chulg‘amlari bir necha bo‘lakdan iborat bo‘ladi. Sinxron mashinaning stator chulg‘amlari ko‘pincha yulduz usulida ulanadi. Stator cho‘lg‘amining uchlari asinxron motor statorning cho‘lg‘ami uchlari kabi bosh uchlari AVS, oxirgi uchlari XYZ xarflari bilan belgilanadi. Sinxron mashinalar rotoroning tuzilishiga qarab ikki xil bo‘ladi.
A) magnit qutblari yaqqol ko‘rinib turadigan , ya’ni ayon qutbli rotor;
V) magnit qutblari ko‘rinmaydigan , ya’ni ayonmas qutbli rotor.
Ayon qutbli rotor, asosan val va unga kiydirilgan rotor gardishi va shu Rasm— Ayon qutbli rotor. 1-val; 2-gardish yulduzi; 3-rotor gardishi; 4- magnit qutbli va qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami

gardishiga maxkamlangan magnit qutblardan tizilgan. Magnit qutblari yoki qutb temir o‘zagi maxsus po‘latdan tayyorlangan ayrim plastinkalardan yig‘iladi. (rasm ) . Rotorning magnit qutblariga chulg‘am o‘raladi. Ayrim qutblarga o‘ralgan cho‘lg‘amlar o‘zaro ketma-ket ulanadi.Bu chulg‘am rotor cho‘lg‘ami yoki generatorning qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami deyiladi. Magnit qutblariga o‘ralgan chulg‘am sinxron generatorning asosiy magnit maydonini hosil qiladi.Rotor cho‘lg‘amining ikki uchi mashinaning valiga maxkamlangan ikkiti mis yoki jez halqaga ulanadi. Halqalar o‘zaro va valdan yaxshi izolatsiyalanadi, halqalarda cho‘tkalar sirpanadi va cho‘tkalar mashinaning klemmalariga ulangan. Mashinaning asosiy magnit maydoni hosil qiladigan rotor cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi. ayon qutbli rotorning umumiy ko‘rinishi berilgan. Ayonmas qutbli rotor valdan va valga kiydirilgan maxsus po‘latdan yasalgan silindrik (yaxlit yoki yig‘ma) rotor tanasida iborat bo‘ladi. Yaxlit rotor tanasidan rotor cho‘lg‘ami joylashadigan pazlar bo‘ladi. Pazlar rotor tanasining 2/3 qismidagina hosil qilinadi. Rotor cho‘lg‘ami izolsiyalangan mis simdan o‘raladi. Cho‘lg‘am uchlari halqa va cho‘tkalar orqali mashinaning klemmalar qutisiga chiqariladi. Bu cho‘lg‘am o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi.


Sinxron mashinalarda yuqorida qayd qilingan asosiy qismlardan tashqari podshipniklar o‘rnatilgan qopqoqlar, cho‘tka qurilmasi va o‘rtacha quvvatli mashinalarda rotor valiga o‘rnatilgan ventelyator kabi qo‘shimcha qismlar bo‘ladi. Odatda, o‘zgaruvchan tok mashinari o‘zgarmas tok mashilarariga qaraganda, ancha sodda bo‘ladi, chunki ularda kollektor bo‘lmaydi. Mashinaning kolektori bo‘lmasligi yakor cho‘lg‘amini mashinaning qo‘zg‘almas qismiga o‘rnatishga imkon beradi.
Demak, sinxron mashinaning asosiy magnit maydoni uning rotor cho‘lg‘amidan o‘zgarmas tok o‘tganda hosil bo‘ladi. Umuman elektr mashinalarda asosiy magnit maydonini hosil qiladigan qismini induktor deyiladi. O‘zgaruvchan e.yu.k. hosil qiladigan chulg‘amli qismi yakor deyiladi.
Aylanuvchan yakorli sinxron mashinalar amalda kam ishlatiladi,chunki kuchlanish yuqori va tok kuchi katta bo‘lganda yakor chulg‘amini rotorga mahkam o‘rnatish va uni izolyatsiyalash ancha qiyinlashadi.
Tok kuchi katta bo‘lishi sababli mashinaning cho‘tka va halqalar uzoq ishlay olmaydi. Ko‘pincha kam quvvatli, bir fazali o‘zgaruvchan ton generatorlari aylanuvchan yakorli bo‘ladi. Agar yakor cho‘lg‘ami mashinaning statorida o‘rnatilgan bo‘lsa, joylashsa, yuqoridagi qiyinchilik oson xal qilinadi. Bunda iste’molchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yakor cho‘lg‘ami klemmalariga ulanadi. Mashinaning magnit maydonini hosil qiladigan cho‘lg‘ami uning aylanuvchi

Расм. Аёнмас қутбли роторнинг магнит ўзагини кўриниши

qismiga o‘rnatiladi, chulg‘amga o‘zgarmas tok halqa va cho‘tkalar orqali beriladi. Sinxron generatoring qo‘zg‘atuvchi cho‘lg‘amining toki yakor cho‘lg‘amining tokidan bir necha o‘n marta kichik bo‘ladi. Bunday sharoitda cho‘tka va halqalar uzoq vaqt ishlaydi.


Shuning uchun sinxron mashinalarda yakor mashinaning statori, induktor esa mashinaning aylanuvchi qismidir.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin