Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


Sinxron motorni ishga tushirish



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə32/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

Sinxron motorni ishga tushirish

Sinxron motorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmoqiga ulab, yurgizish mumkin emas, chunki rotorning inersiya momenti katta, u statorning aylanma magnit maydoni ketidan ergashgan holda aylana olmaydi. Rotor sinxron tezlik bilan aylanganda aylantiruvchi elekromagnit moment doimo bir tomonga yo‘naladi. Sinxron motor o‘zgaruvchan tok zajiriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulansa, motor aylanmaydi, chunki elektromagnit moment rotorni sinxron telikda aylantira olmaydi.


Sinxron motorni bir necha usul bilan yurgizish mumkin.
A) Sinxron motorni biror yordamchi motor yordamida ishga tushirish. Motorni bu usulda yurgizish sinxron generatorni paralel ulashga o‘xshaydi. Oldin motor rotori sinxron tezlikkacha aylatiriladi va magnit maydon hosil bo‘lganda u tarmoq bilan sinxronlanadi. So‘ngra yordamchi motor elektr tarmoqidan uziladi. Odatda yordamchi motor quvvati sinxron motor quvvatining 5-15% ni tashkil qiladi. Yodamchi motor quvvati kichik, sinxron motor bu usul bilan yuksiz yoki kam yuk bilan yurgiziladi. Odatda yordamchi motor sifatida qutblar soni sinxron motor qutblar sonidan ikkita kam bo‘lgan faza rotorli asinxron motor ishlatiladi. Asinxron motor zanjiriga maxsus reostat ulanadi. Hozirgi vaqtda bu usul bilan katta quvvatli sinxron kompensatorlar yurgiziladi.
B) Sinxron motorni asinxron usulda yurgizish. Bu usulda rotorning magnit qutublarida maxsus yurgizish cho‘lg‘ami bo‘lgan sinxron motorlar yurgiziladi. Bu chulg‘am sinxron generator rotorining tinchlantiruvchi cho‘lg‘amiga o‘xshaydi. 186–rasm da sinxron motorni bu usulda yurgizish sxemasi berilgan. Qo‘zg‘atilmagan sinxron motor uch fazali tok tarmoqiga ulanadi. Statorning aylanma magnit maydoni rotorning yurgizish chug‘amida e.yu.k. hosil qiladi. Qisqa tutashgan sterjenlarda tok hosil bo‘ladi. Bu tokni aylanma magnit maydon bilan o‘zaro ta’sirida rotor aylanadi. Bu xolda yurgizish cho‘lg‘ami motorning sinxron ishiga ta’sir etmaydi.
Sinxron motorni bu usulda yurgizishda qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami ochiq xolda qoldirish mumkin emas. Chunki sinxron tezlik bilan kesib o‘tuvchi stator magnit oqimi o‘ramlar soni katta bo‘lgan qo‘zg‘atish chulg‘amda katta (3000-4000) V e.yu.k. hosil qiladi. Bu esa cho‘lg‘am izolyatsiyasi uchun va kishilar uchun xavflidir. Bundan saqlanish uchun rotor to‘la aylanguncha qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami o‘z qarshiligidan sakkiz o‘n marta katta qarshilikga qayta ulagich QU yordamida ulanadi.
Sinxron motorga qo‘zg‘atish toki berilganda u sinxron ishlab ketadi. Motorning sinxron ishlashini kuzatish uchun rotor zanjiriga ampermetr ulanadi. Ampermetr strelkasi tebranmay qolganda motor sinxron ishlaydi.
Bu usulda sinxron motorni yurgizish paytida tok qiymati ortsa, avtotransformotor yordamida kamaytiriladi.
Elektr tarmoqining quvvati katta bo‘lsa, sinxron motor to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulab yurgiziladi.
Ishlab turgan sinxron motorni to‘xtatish uchun yuk uzib qo‘yiladi, stator toki kamaytiriladi so‘ngra tarmoqdan uziladi va razryadlovchi qarshilikka ulanadi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin