Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


Transformatorlarning transformatsiyalash



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə7/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

Transformatorlarning transformatsiyalash

koeffitsientlarini bir xil bo‘lishi sharti


Faraz qilaylik, birlamchi va ikkilamchi kuchlanishlari teng bo‘lmagan Ye2 > Ye2 ikkita transformator parallel ishlashga ulangan bo‘lsin. Bu transformatorlarning cho‘lg‘amlarini ulanish guruxlari bir xil va qisqa tutashuv kuchlanishlari teng bo‘lsin. Transformatorlarning cho‘lg‘amlari xosil qilgan berk konturda ikkilamchi elektr yurituvchi kuchlarning farqi E xosil bo‘ladi va ikkilamchi cho‘lg‘amlar orqali elektr yurituvchi kuchlarning farqiga proporsional bo‘lgan muvozanatlashtiruvchi Im toki oqib o‘tadi. Bu xolda birinchi transformator bu tokni uzatadi, ikkinchi transformator esa uni isteomol qiladi. Cho‘lg‘amlarda muvozanatlashtiruvchi toklar taosirida kuchlanish U ni pasayishi xosil bo‘ladi va ikkilamchi cho‘lg‘amlaridagi kuchlanishlarni tenglashtiradi. Transformatorlarga yuklama ulanganda yuklama toklari Iyuk1 va Iyuk2 xosil bo‘ladi. Muvozanatlashtiruvchi toklar yuklama toklariga qo‘shilib cho‘lg‘amlardagi toklarning kattaligini o‘zgartiradi va transformatorlarni xaroratini ortishiga olib keladi. Davlat standarti transformatsiyalash koeffitsient-larining farqi 0.5% dan ortiq bo‘lmagan transformatorlarni parallel ishlashga ulash mumkinligini tavsiya qiladi. Davlat standarti transformatsiyalash koeffitsientlari K<3 bo‘lgan transformatorlarning transformatsiyalash koeffitsientlarini farqi 1 foizdan ortiq bo‘lmagan transformatorlarni parallel ishlash uchun ulashga ruxsat beradi.


Qisqa tutashuv kuchlanishlari bir xil bo‘lishi sharti


Faraz qilaylik, uchta parallel ishga ulangan transformator-larning cho‘lg‘amlarini ulanish guruxlari bir xil va transformatsiyalash koeffitsientlari teng bo‘lib, qisqa tutashuv kuchlanishlari Uk%1Uk%2Uk%3 teng bo‘lmasin. Transformatorlardagi kuchlanishni pasayishi xamma transformatorlarda bir xil bo‘ladi.


U=U20 - U2, U= zI (3-27)


Transformatorlarning cho‘lg‘amlaridan oqib o‘tayotgan toklar I1+III+III=I shuning uchun parallel ishlayotgan transformatorlarning to‘la quvvatlarining arifmetik yiindisi yuklamaning to‘la quvvatiga teng.


SI+SII+SIII=S (3-28)



Parallel ishga ulangan transformatorlar o‘rtasida isteomolchilarning taqsimlanishini quyidagi ifoda yordamida aniqlashimiz mumkin:

(3-29)




bu yerda: S-isteomolchining to‘la quvvati; Snp - parallel ishga ulangan transformatorlarning nominal quvvatlarining yiindisi;Uk%p- parallel ishga ulangan transformatorlarning qisqa tutashuv kuchlanishlarining yiindisi.


Yuqoridagilarga asosan
SI :SII :SIII

yaoni transformatorlarning nisbiy yuklamalari ularning qisqa tutashuv kuchlanishlariga teskari proporsional bo‘ladi. Agar UKI%=UKII%=UKIII% bo‘lsa, u xolda, SI=SII=SIII yaoni qisqa tutashuv kuchlanishlari teng bo‘lsa, transformatorlar o‘rtasida yuklama bir xil taqsimlanadi va yuklama ortganda transformatorlar xam nominal quvvatlariga erishadi. Qolgan xollarda qisqa tutashuv kuchlanishi katta bo‘lgan transformatorlar yukni ozroq olib, qisqa tutashuv kuchlanishlari kichik bo‘lgan transformatorlar esa yukni ko‘proq oladi.





Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin