Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


O‘zgaruvchan tok mashinalarining qo‘llanishi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə15/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

O‘zgaruvchan tok mashinalarining qo‘llanishi.

O‘zgaruvchan tok mashinalari halq xo‘jaligida asosan elektr energiyani ishlab chiqarish va uni mexanik energiyaga o‘zgartirish maqsadlarida keng qo‘llaniladi.


Ko‘p fazali o‘zgaruvchan tok mashinalarining barchasi aylanuvchan magnit maydon prinsipiga asoslanganligi sababli, ularning nazariyasi bir-biriga o‘xshaydi. Bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinalari ko‘p fazali mashinalarga nisbatan kam qo‘llaniladi.
O‘zgaruvchan tok mashinalari uchta asosiy ko‘rinishda qo‘llaniladi; asinxron, sinxron va kollektorli o‘zgaruvchan tok mashinalari. O‘zgaruvchan tok mashinalarining hamma turlari o‘zgaruvchan sinusoidal tokda ishlaydi.
Asinxron mashinalarning rotorlari aylanuvchan magnit maydonga nisbatan asinxron tezlikda aylanadi. Asinxron mashinalar amalda asosan motor rejimlarida xam ko‘p qo‘llanadi.
Sinxron mashinalarning rotori aylanayotgan magnit maydon bilan bir xil ya’ni, sinxron tezlikda va magnit maydon yo‘nalishi bo‘yicha aylanadi. Shuning uchun sinxron mashina deb nomlanadi: sinxron mashinalar asosan generator sifatida keng qo‘llanilib, keyingi paytlarda dvigatel rejimida ham foydalanilmoqda.
Kollektorli o‘zgaruvchan tok mashinalarining aylanuvchan qismlari magnit maydonga nisbatan asinxron tezlik bilan aylanib, asinxron mashinaga o‘xshaydi, lekin ularda kollektor o‘rnatilganligi sababli va ulardagi elektromagnit jarayonlar ham boshqacha bo‘lganligi sababli kollektorli o‘zgaruvchan tok mashinalar guruxini tashkil etadi.


Asinxron mashinaning tuzilishi

Asinxron mashinaning qo‘zg‘almas qismi stator va qo‘zg‘aluvchan qismi rotor deb ataladi. Stator bilan rotorning magnit o‘zaklari qalinligi 0,35÷0,5 mm elektrotexnik magnit yumshoq po‘latdan tayyorlanadi. Magnit o‘zakni yig‘ishdan oldin bu po‘lat plastinalarning ikkala tomonlari moyli konifolli lak bilan qoplanadi. Lakning qalinligi mashinaning nominal kuchlanishiga bog‘liq. Kichik quvvatli asinxron mashinalarning magnit o‘zaklarini tayyorlashda po‘lat plastinalar lak bilan qoplanmaydi, chunki ular uchun plastinalar yuzasidagi oksid plenka bir-biridan izolyatsiya qilishga yetarli. Statorning magnit o‘zagining ichki va rotorning magnit o‘zagini tashqi yuzalarida pazlar hosil qilinib, ularda stator va rotorning cho‘lg‘amlari joylashtiriladi. Stator cho‘lg‘ami uch fazali qilib tayyorlanadi va manbaga ulanadi, shuning uchun birlamchi cho‘lg‘am deb ataladi.


Faza rotorli asinxron mashinalarning rotor cho‘lg‘amlarining fazalar soni stator cho‘lg‘amining fazalar soniga teng bo‘lib, bu cho‘lg‘amlarning oxirlari yulduz sxemada ulanib, uchlari esa valda o‘rnatilgan kantakt halqalarga ulanadi. Kontakt halqalar yordamida rotorning cho‘lg‘amlari cho‘tkalar orqali uch fazali ishga tushirish yoki tezligini rostlash reostatiga ulanadi. Rotor cho‘lg‘amining qutblar soni stator cho‘lg‘amining magnit maydonini qutblar soniga teng.
Qisqa tutashgan rotorli asinxron mashinaning rotor cho‘lg‘ami sterjen ko‘rinishida tayyorlanib rotor cho‘lg‘amlarini hosil qilish bu sterjenlarni uchun rotorning magnit o‘zagidagi pazlariga joylashtiriladi. Rtorni magnit o‘zakning ikki yonidagi qiska tutashtiruvchi halqalarga payvandlanadi. Kichik quvvatli asinxron mashinalarning sterjenlari va qisqa to‘tashtiruvchi halqalari pazni suyuq metal bilan to‘ldirish usulida tayyorlanadi.
Stator bilan rotor orasidagi havo bo‘shlig‘ining kattaligi mashinaning ishlab chiqarish sharoitlariga va ishonchliligini yaxshilash nuqtai nazariga bog‘liq xolda tanlanadi. Mashinaning quvvati ortgan sari havo bo‘shlig‘i ham kattalashadi. Kichik quvvatli asinxron mashinalarda havo bo‘shlig‘i 0,40,5 mm ni tashkil etadi. Asinxron mashinalar asosan havo bilan sovutiladi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin