28-rasm. Uch cho‘lg‘amli transformatorning soddalashtirilgan almashtirish sxemasi
K12= K13= .
Uch cho‘lg‘amli transformatorning almashtirish sxemalarida ikkita ikkilamchi zanjiri mavjud bo‘lib, magnitlovchi toki kichik bo‘lganligi uchun almashtirish sxemasida magnitlovchi konturini chizish talab qilinmaydi. Uch cho‘lg‘amli transformatorlarda ikkilamchi cho‘lg‘amlardan birortasidagi yuklamaning o‘zgarishi boshqa ikkilamchi cho‘lg‘amdagi kuchlanishning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, chunki birinchi cho‘lg‘amdagi kuchlanishni pasayishi Z1I1 xam o‘zgaradi. Uch cho‘lg‘amli transformatorlarning vektor diagrammasini almashtirish sxemasiga asosan ikki cho‘lg‘amli transformatorning vektor diagrammasiga o‘xshash qurish mumkin.
Davlat standarti uch cho‘lg‘amli kuch transformatorlarini quyidagi quvvat nisbatlarida tayyorlashni tavsiya qiladi:
1. 100% 100% 100%
2. 100% 100% 67%
3. 100% 67% 100%
4. 100% 67% 67%
Uch cho‘lg‘amli transformatorlarning qisqa tutashuv kuchlanishlari eng katta quvvatli cho‘lg‘amini nominal tokiga mos keluvchi toklariga nisbatan xisoblanadi.
Payvandalash transformatorlari bir fazali pasaytiruvchi transformatorga o‘xshash bo‘lib, ikkilamchi cho‘lg‘aminnig kuchlanishi U2=6070Vni tashkil qiladi, bu kuchlanish payvandlash elektrodlari orasida elektr yoyining to‘liq yonishini taominlaydi. Payvandlash transformatori nominal yuklamagacha yuklanganda ikkilamchi cho‘lg‘amining kuchlanishi 30V gacha kamayishi mumkin. Payvandlash transformatori uchun qisqa tutashuv rejimi normal rejim bo‘lib xisoblanadi, shuning uchun bu transformatorning tashqi tavsifi keskin pasayuvchi xarakterga ega.
Payvandlash transformatorining cho‘lg‘amlarining induktivligi katta bo‘lganligi sababli ularning quvvat koeffitsienti sos 0.4 yoki 0.5 ga teng bo‘ladi.