Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


-rasm. Reaktiv katushkali payvandlash



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə12/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

29-rasm. Reaktiv katushkali payvandlash
transformatorlari

Ishlab chiqarish korxonalarida cho‘lg‘amlarining induktivligi magnit o‘zakning ustki to‘sin bilan ustunlari orasidagi xavo bo‘shliining kattaligiga boliq ravishda o‘zgaruvchan reaktiv katushkali payvandlash transformatorlari (29-rasm) keng qo‘llaniladi. Yakka tartibda payvandlash uchun quvvati 30 kVA gacha va avtomatik payvandlash uchun quvvati 100 kVA va undan katta bo‘lgan payvandlash transformatorlari qo‘llaniladi.



Tok va kuchlanish transformatorlari


Tok va kuchlanish transformatorlari asosan elektr o‘lchov asboblarini va rele ximoyasi elementlarini yuqori kuchlanishli tarmoqdan ajratish, yuqori kuchlanishli tarmoqdagi tok va kuchlanishni standart o‘lchov asboblari yordamida o‘lchash uchun tokni 1-5A ga, kuchlanishni esa 100V gacha pasaytirish uchun xizmat qiladi. Tok transformatorlarining ikkilamchi cho‘lg‘amini quvvati 5100 VA gacha va kuchlanish transformatorlari esa, 251000 VA gacha tayyorlanadi. Tok transformatorlarining birlamchi cho‘lg‘ami isteomolchi bilan ketma-ket ulanadi, ikkilamchi cho‘lg‘ami esa o‘lchov asboblariga yoki elektrotexnologik qurilmalarini ximoya qilish asboblariga ulanadi. Tok transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amiga ulangan asboblarning ichki qarshiliklari kichik bo‘lishi kerak, shuning uchun tok transformatorlari asosan qisqa tutashuv rejimida ishlaydi. Tok transformatori ishlayotganda magnit tizimidagi magnit oqimi juda oz bo‘lib, magnit tizimi to‘yinmagan rejimda bo‘ladi. Tok transformatorlarining ikkilamchi cho‘lg‘amini ochiq xolda birlamchi cho‘lg‘amini manbaga ulash, ularning ish muddatini qisqarishiga olib keladi. Chunki, ikkilamchi cho‘lg‘amdagi tokning magnitsizlantiruvchi taosiri yo‘qolib, magnit o‘zakdagi magnit oqim kuchayib ketadi, natijada ikkilamchi cho‘lg‘amda ximoyalash materiali uchun xavfli bo‘lgan kattalikdagi elektr yurituvchi kuch induksiyalanib, cho‘lg‘amning ximoyalash materiallarini ishdan chiqarishi mumkin. Tok transformatorlari 0,2; 0,5; 1,0; 3;10 aniqlik klasslarida tayyorlanadi. Kuchlanish transformatorlari 0,2; 0,5; 1,0 va 3 klasslarda va xar-xil konstruksiyalarda tayyorlanadi. Kuchlanish transformatorining elektr sxemasi kuch transformatorlarinikiga o‘xshash bo‘ladi. Tok transfor-matorining elektr sxemasi 30-rasmda keltirilgan.






Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin