Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


O‘zgaruvchan tok cho‘lg‘ami hosil qilgan aylanuvchi magnit maydoni



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə16/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

O‘zgaruvchan tok cho‘lg‘ami hosil qilgan aylanuvchi magnit maydoni.

O‘zgaruvchan tok mashinasining cho‘lg‘ami aylanuvchan magnit maydon hosil qiladi. Agar mashina ikki qublari bo‘lib uch fazali tokka ulangan bo‘lsa ikki qutbli aylanuvchi magnit maydon hosil bo‘ladi. Bunda tok bir marta o‘zgarish davrida magnit maydon 2τ ga yoki 360o ga buriladi. Magnit maydonning aylanish tezligi n1=f1 ayl/sek, bu yerda f1-stator tokining aylanish chastotasi. Magnit maydon stator cho‘lg‘amining fazalarini ketma-ketlik AVS tartibi bo‘yicha aylanadi. Magnit maydonning aylanish yo‘nalishini teskari tomonga o‘zgartirish uchun stator ulangan tarmoqning ikkita fazalarini o‘rinlarini o‘zgartirish kifoya. 2r=4 bo‘lganda qutb bo‘linmasi aylana uzunlinining 1/4 ga teng bo‘ladi, bunda oddiy uch fazali cho‘lg‘amning har bir fazasi ikkita o‘ramdan iborat bo‘lib, qadami u=τ, va ular bir biriga nisbatan 2τ ga siljigan bo‘ladi. Bu o‘ramlar bir biri bilan ketma-ket yoki parallel ulanishi mumkin.Uch fazali cho‘lg‘amning fazalar va ulanishlari AVS uchlari bir biriga nisbatan 120o ga burilgan yoki bunday holda aylana uzunligining 1/6 bo‘lagiga teng. Bunday cho‘lg‘am 2r=4 qutbli magnit maydonni hosil qiladi. Bu maydon ham aylanuvchan bo‘lib, tokning bir marta o‘zgarish davri ichida 2τ ga buriladi. Maydon tezligi


n1=
umuman 2r=6,8,10,...va x.k. cho‘lg‘amni tayyorlash mumkin.U holda magnit maydonni va tokning tarqalish egri chizig‘i r juft qutbli bo‘ladi. Magnit maydon n1=f1/r ayl/ sek tezlik bilan aylanadi. Statorning aylanasi bo‘yicha magnit maydonning chiziqli tezligi Ω=πDn1= 2rτ f1/r=2τ f1. Cho‘lg‘amlarni loyihalashda magnit oqimning induksiyasi aylana bo‘ylab havo bo‘shlig‘ida sinosoidal qonun bo‘yicha tarqalishini ta’minlash tadbirlari hisobga olinidi.


Asinxron mashinaning ishlash prinsipi va ish rejimlari

Agar uch fazali qisqa tutushgan rotorli asinxron mashinaning stator cho‘lg‘ami uch fazali sinusoidal kuchlanish manbaiga ulangan bo‘lsa stator cho‘lg‘ami F1 magnit maydonni hosil qiladi. Magnit oqim F1 aylanayotganda rotorning qisqa tutashgan cho‘lg‘amini o‘tkazgichlarida Ye2 EYuK ni induksiyalaydi. Bu EYuK qo‘zgalmas rotori (n=0) qisqa tutashgan cho‘lg‘amda chastotasi U1 kuchlanishning chastotasiga teng f2=f1 bo‘lgan i2 tokni induksiyalaydi. Bu i2 tok rotorning qutblar soni 2r ga teng bo‘lgan aylanuvchan F­2 magnit oqimini hosil qiladi. bu magnit oqimning aylanish tezligi n=0 da


ayl./sek
stator magnit oqimining tezligiga teng.
Shuning uchun F1 va F2 lar sinxron tezlik bilan aylanib
mashinaning umumiy magnit oqimi F ni hosil qilishadi.
Qisqa tutashgan rotorning sterjenlarida ko‘p
fazali toklar sistemasi induksiyalanadi, bu toklar


Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin