Elektrotexnika va elektronika asoslari



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə101/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

Stabilitronlar kuchkisimon yorib o’tish xodisasiga asoslanib ishlaydi. Uning ishlash printsipi quyidagicha:


stabilitronga quyilgan teskari yo’nalishdagi kuchlanish orttirib borilsa, dioddan o’tadigan teskari tok miqdori juda kichik bo’lganligidan, sxemaning chiqishidagi kuchlanish ham ortib boradi.
Kuchlanish miqdori kuchkisimon yorib o’tish miqdoriga yetganda, dioddan utayotgan tok keskin ortib ketadi. Chikish kuchlanishi biroz kamayadi. Kirish kuchlanishining bundan keyingi ortishi stabilitron orqali utuvchi tokni oshirishga sarflanadi va chikish kuchlanishi deyarli o‘zga rmaydi. Bu oralikka to’g’ri kelgan chikish kuchlanishi, stabilitronning stabilizatsiyalash kuchlanishi deb yuritiladi.
Asosiy parametrlariga stabilizatsiyalash kuchlanishi Ucт, ctabilizatsiyalash toki Iст, ctabilizatsiyalash tokiga to’g’ri kelgan differentsial qarshiligi Rст kiradi.
Tunnel diodlar asosan ko‘p aralashmali diodlardan yasaladi. Uning ishlash printsipi tunnel orqali yorib o’tish xodisasiga asoslangan .

Harakteristikadan ko’rinib turibdiki uning to’g’rio’tishga mos kelgan qismida differintsial qarshiligi manfiy qiymatga ega bo’lgan soxa mavjud. Manfiy qarshilik deyilganda kuchlanish ortishi bilan tok kuchi kamayishi tushuniladi. Bu xususiyatga ko’ra tunnelli dioddan kuchaytirgich, generator va turli xil impuls rejimida ishlaydigan ko’rilmalarda foydalaniladi. Diod teskari yo’nalishdagi tokni yaxshi o’tkazadi.


Asosiy parametrlari: yuqori chukkiga to’g’ri kelgan tok kuchi IA (grafikda A nukta); pastki chuko’rlikka to’g’ri kelgan tok kuchi IБ(grafikda B nukta);.yuqori chukki va pastki chuko’rlikka to’g’ri kelgan kuchlanishlar UАva UБ.


Aylantirilgan diodlar ham tunnelli diodlarga uxshash bo’lib, volt- amper xarakteristikasida, dunglik va chuqurlik fazasidagi farq kichik bo‘ladi.

Diodda aralashma kiritik kontsentratsiyada olinib, teskari yo’nalishdagi o’tkazuvchanlik to’g’riyo’nalishdagi o’tkazuvchanlikdan katta bo‘ladi. Bunday diodlarning teskari yo’nalishdagi volt –amper xarakteristikasi to’g’rilovchi diodlarnikiga uxshash bo‘ladi.


Varikap – bu yarim o‘tkazgichli diod bo’lib, sig‘im teskari yo’nalishdagi kuchlanishga bog’liq bo‘ladi. Teskari kuchlanish ortishi bilan р-n o’tish sig‘imining kamayishi quyidagi ifoda
СU = Co[ /k+U]1/n asosida boradi. Bunda  - kontakt potentsiallar ayirmasi ; Cu –kuchlanish U qiymatga yetgandagi sig‘imi ;C0- diodga kuchlanish berilmagan holdagi sig‘imi ; n- varikapning turiga bog’liqbo’lgan koeffitsiyent (n = 2…3).
Varikaplar galliy arseniddan tayorlanib, unda asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar kontsentratsiyasi kam bo‘ladi. Teskari yo’nalishdagi differentsial qarshiligi katta bo‘ladi.Varikaplar kontur chastotasini avtomatik tarzda sozlash ishlarida generator va geterodinlar chastotalarini o‘zga rtirishda ishlatiladi.
Signal chastotasini ko‘p aytiruvchi varikaplar varaktor deb ataladi. Asosiy parametrlari : varikapning aslligi Q; cigimini o‘zga rtirishi koeffitsiyenti Kc , umumiy sig‘imi CB.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin