4-Mavzu boyicha o’quvchilarning bilimlarini tekshirish uchun savollar. 1.Elektr qarshilik deb nimaga aytiladi va uning shartli belgilari ?
2.Solishtirma qarshilik deb nimaga aytiladi va formulasi ?
3. Solishtirma o’tkazuvchanlik deb nimaga aytiladi va ifodalanishi ?
4.Kirxgofning birinchi qonuni,tarmoqlanmagan zanjir ?
5.Reostat deb nimaga aytiladi ?
6. Elektr o’tkazuvchanlik haqida umumiy tushunchalar ?
7. Yarimo’tkazgichlar haqida ma’lumot ?
8. Yarim o'tkazgichlarning tuzilishi ?.
9. O'tkazgichlar, yarim o'tkazgichlar, izolyatorlar ?
10.Solishtirma elektr otkazgich vazifasi qanday ?
11.Ionlanishni amalga oshirishning usullari?
12.Yarim o’tkazgichlar haqida ma’lumot ?
4-Mavzu: Elektr o'tkаzuvchаnlik vа o'tkаzgichlаrning qаrshiligi.
Reja:
1. Elektr o’tkazuvchanlik haqida umumiy tushunchalar.
2. Yarimo’tkazgichlar.
3. Yarim o'tkazgichlarning tuzilishi.
4. O'tkazgichlar, yarim o'tkazgichlar, izolyatorlar.
ELEKTR O’TKAZUVCHANLIK HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR.
Elektr o’tkazuvchi barcha moddalar ikki turga bo’linadi. Birinchisiga barcha metallar, grafit, selen va ba‘zi metalloidlar kiradi. Bulardan elektr toki o’tganda hech qanday ximiyaviy o’zgarish bo’lmaydi, modda bir joydan ikkinchi joyga ko’chmaydi. Bunday o’tkazuvchilarda elektr toki elektronlar oqimidan iborat bo’ladi. Ikkinchi xil' o’tkazuvchilarga suvda eritilgan yoki suyuqlantirilgan tuz, kislota va ishqorlar kiradi. Bu xil o’tkazuvchilar (yoki elekttsolitlar) orqali tok o’tganda ionlar harakat qiladi. Moddaning elektr o’tkazuvchanligi deganda, uning qarshiligiga teskari qiymat tushuniladi. Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik solishtirma qarshilikka teskari qiymatdir: