Elektrotexnika va elektronika asoslari


bu yerda: k — solishtirma elektr o’tkazuvchanlik, p — solishtirma qarshilik



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə18/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

bu yerda: k — solishtirma elektr o’tkazuvchanlik, p — solishtirma qarshilik.

Birinchi xil o’tkazuvchilarning zlektr o’tkazuvchanligi temperatura ko’tarilganda kamayadi; ikkinchi xil o’tkazuvchilarniki esa, aksincha, temperatura ko’tarilganda ortadi. O’tkazgichning qarshiligi (R) jismning uzunligiga to’g’ri, ko’ndalang kesimi yuzasiga teskari proportsional bo’ladi:

R=p*(l/S)

bu yerda: ρ — solishtirma qarshilik. Solishtirma qarshilik o’tkazgich turiga bog’liq. Uzunligi 1 sm, ko’ndalang kesimi 1 сm2 bo’lgan o’tkazgichning qarshiligi uning solshitirma qarshiligi deb ataladi.

Qarshilik o’rniga unga teskari kattalikni, ya‘ni o’tkazuvchanlikni kiritish mumkin.

K=1/R=1/p*S/l

Moddalarning elektr xususiyati asosida ularning musbat va manfiy zaryadlangan zarrachalardan tashkil topganligi yotadi. Hamma atomlar va molekulalar ionlanish qobiliyatiga ega. Ionlanish potensiali deb normal holatda turgan elektroneytral atomdan bitta (birinchi) elektronni uzib chiqib ketish uchun kerak bo’lgan va elektron-voltlar (eV) da o’lchanadigan energiyaga aytiladi. Metallarning ionlanish potensiali metallmaslarnikidan kichik bo’ladi. Shuning uchun ular kuchli qaytaruvchilar hisoblanadilar. Atomlar manfiy zaryadlangan holga ham o’tishi mumkin. Buning uchun ular o’zlariga bitta ortiqcha elektronni qo’shib olishlari kerak. Shunday jarayon vaqtida ajralib chiqadigan energiyaga ushbu atomning elektronga moyilligi deyiladi. Biror elementning atomi uchun bu ikki kattalikning yig’indisi elektromanfiylik deyiladi va u ξ (ksi) harfi orqali ifodalanadi.

Ionlanishni amalga oshirishning qator usullari ma’lum. Termik ionlanish, elektr maydon ta’sirida va elektron to’qnashishi tufayli ionlanish, fotoionlanish va boshqalar. O‘zlarining elektr o‘tkazuvchanlik xossalariga qarab qattiq jismlar metallarga (o‘tkazgichlarga), yarim o‘tkazgichlarga va dielektriklar (izolyatorlar)ga bo‘linadi. Metallar energetik zonalari elektron bilan to‘la band qilinmagan bo‘ladi va ularga tashqaridan kuchsiz elektr maydon ta’sir etsa, elektronlar yuqorida joylashgan uzluksiz bo‘sh o‘tkazuvchanlik zonalariga o‘tib olib, ma’lum yo‘nalishda harakat qiladi va elektr toki hosil bo‘ladi. Sababi metallarda valent va 5 o‘tkazuvchanlik energetik zonalar bir-birlari bilan “chaplashib” uzluksiz zona hosil qilgan bo‘ladi.


Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin