Tok manbalarning quvvatini va foydali ish koeffitsiyentini orttirish uchun ularning ichki qarshiligini kamaytirish kerak. ZANJIR QISMI UCHUN OM QONUNI: Zanjir qismida tok kuchi kuchlanishga tug’ri proportsional va qarshiligiga teskari proportsional:
Bunda: U — kuchlanish; R —qarshilik; I—tok kuchi. Kuchlanish zanjir qismida butunlay sarf qilinadi. Shuning uchun bu kuchlanish ni zanjir qismidagi kuchlanishning tushishi deyiladi.
ISH, ENERGIYA VA QUVVAT Iste’molchidagi zaryadlarni kuchirishda bajarilgan ish quyidagicha topiladi:
tenglamadan foydalanib:
ekanliginn topamiz. Bunda: — manbada issiqlikka aylanadigan energiya.
tashqi zanjirda sarf qilinadigan energiya.
Ishning bajarilish tezligi quvvat deyiladi.
(Vt)— manbaning quvvati
(Vt)— iste’molchining quvvati (Vt) — isrof bo’lgan quvvat
QARSHILIKLARNI KETMA-KET ULASH Agar bitta karshilikning (iste’molchining) oxirgi qismasi ikkinchi qarshilikning (iste’molchining) bosh qismasi bilan, ikkinchi qarshilikning (iste’molchining) oxirgi qismasi uchinchi qarshilikning (iste’molchining) bosh qismasi bilan va hokazo ulansa, bunday ulanishga ketma-ket ulanish deyiladi. U holda hamma qarshiliklar (iste’molchilar) orqali bir xil tok o’tadi, chunki zanjirning birorta nuqtasida zaryadlar yig’ilmaydi. Om qonuni bo’yicha qarshiliklardagi kuchlanishlar:
Tok kuchi zanjirning barcha qismlarida bir xil bo’lgani uchun,
bo’ladi.
Qarshiliklardagi kuchlanishlarni ularning qisqichlardagi potentsiallar ayirmasi bilan ifodalash mumkin:
Shu tenglamalarning chap va o’ng qismlari hadma-xad qo’shilsa, quyidagi tenglamani olamiz:
ya’ni ketma-ket ulangan qarshiliklarda kuchlanishlar tushuvining yig’indisi zanjirning qisqichlar orasidagi kuchlanishiga teng.
So’nggi ifodani hadma-had tokka bo’lsak, quyidagini topamiz:
yoki
Rэ=R1+R2+R3 Bunda: Rэ — zanjirning umumiy (yoki ekvivalent) qarshiligi.
Shunday ilib, ketma-ket ulangan qismlardan tashkil topgan zanjirning ekvivalent qarshiligi barcha qarshiliklarning yig’g’indisiga teng ekan