Payvandlash transformatori metall buyumlarni, konstruksiyalarni va hokazolarni eritib, o‘zaro ulash uchun xizmat qiladi. 4.16-rasmda payvandlash transformatorining prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. U transformator 1, drossel 2, yakor 3, elektrod 4, payvandlanadigan buyum 5, drossel bilan yakor orasidagi tirqish 6 dan iborat. Payvand sifatli bo‘lishi uchun elektr yoy barqaror yonishi kerak. Buning uchun payvandlash jarayonida payvandlash toki qiymat jihatdan o‘zgarishsiz bo‘lishi lozim. Payvandlash toki drossel 2 bilan yakor 3 orasidagi tirqish 6 ni o‘zgartirish orqali rostlanadi. Tirqish ortganda drossel chulg‘amining induktiv qarshiligi kamayib, payvandlash toki ko‘payadi va aksincha.
Qisqa tutashuv bo‘lganda drossel elektr yoy va transformatorning tokini cheklaydi.
Transformator salt ishlaganda U20 = 60‚70 V, nominal yuklama bilan ishlaganda esa 30 V ni tashkil etadi.
Nazorat savollari.
1.Transformatorning vazifasini tushuntiring?
2.Transformatorning turlari nechta?
3.Transformatorni ulanish turlari va sxemalarini tushuntiring?
O’QUVCHILARNING O’ZLASHTIRISHINI BAHOLASH MYEZONLARI
Mavzu: Trаnsfоrmаtоrlаr. 1.Bir fаzаli trаnsfоrmаtоrlаr, trаnsfоrmаtsiyalаsh kоeffitsiyenti, chulg'аmdаgi EYuK.
Modulni o’rganishga ajratilgan vaqt- 2 soat.
Modulni o’tkazish sanasi-
|
|
Dostları ilə paylaş: |