Elektrotexnika va elektronika asoslari


Asinxron mashinaning tuzilishi



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə64/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

Asinxron mashinaning tuzilishi
Asinxron mashinaning qo‘zg‘almas qismi stator va qo‘zg‘aluvchan qismi rotor deb ataladi. Stator bilan rotorning magnit o‘zaklari qalinligi 0,35÷0,5 mm elektrotexnik magnit yumshoq po‘latdan tayyorlanadi. Magnit o‘zakni yig‘ishdan oldin bu po‘lat plastinalarning ikkala tomonlari moyli konifolli lak bilan qoplanadi. Lakning qalinligi mashinaning nominal kuchlanishiga bog’liq. Kichik quvvatli asinxron mashinalarning magnit o‘zaklarini tayyorlashda po‘lat plastinalar lak bilan qoplanmaydi, chunki ular uchun plastinalar yuzasidagi oksid plenka bir-biridan izolyasiya qilishga etarli. Statorning magnit o‘zagining ichki va rotorning magnit o‘zagini tashqi yuzalarida pazlar hosil qilinib, ularda stator va rotorning cho‘lg‘amlari joylashtiriladi. Stator cho‘lg‘ami uch fazali qilib tayyorlanadi va manbaga ulanadi, shuning uchun birlamchi cho‘lg‘am deb ataladi.
Faza rotorli asinxron mashinalarning rotor cho‘lg‘amlarining fazalar soni stator cho‘lg‘amining fazalar soniga teng bo‘lib, bu cho‘lg‘amlarning oxirlari yulduz sxemada ulanib, uchlari esa valda o‘rnatilgan kantakt halqalarga ulanadi. Kontakt halqalar yordamida rotorning cho‘lg‘amlari cho‘tkalar orqali uch fazali ishga tushirish yoki tezligini rostlash reostatiga ulanadi. Rotor cho‘lg‘amining qutblar soni stator cho‘lg‘amining magnit maydonini qutblar soniga teng.
Qisqa tutashgan rotorli asinxron mashinaning rotor cho‘lg‘ami sterjen ko‘rinishida tayyorlanib rotor cho‘lg‘amlarini hosil qilish bu sterjenlarni uchun rotorning magnit o‘zagidagi pazlariga joylashtiriladi. Rtorni magnit o‘zakning ikki yonidagi qiska tutashtiruvchi halqalarga payvandlanadi. Kichik quvvatli asinxron mashinalarning sterjenlari va qisqa to‘tashtiruvchi halqalari pazni suyuq metal bilan to‘ldirish usulida tayyorlanadi.
Stator bilan rotor orasidagi havo bo‘shlig‘ining kattaligi mashinaning ishlab chiqarish sharoitlariga va ishonchliligini yaxshilash nuqtai nazariga bog’liq xolda tanlanadi. Mashinaning quvvati ortgan sari havo bo‘shlig‘i ham kattalashadi. Kichik quvvatli asinxron mashinalarda havo bo‘shlig‘i 0,40,5 mm ni tashkil etadi. Asinxron mashinalar asosan havo bilan sovutiladi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin