Elektrotexnika va elektronika asoslari


O‘zgarmas tok motorlarini ishga tushirish



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə66/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

O‘zgarmas tok motorlarini ishga tushirish.
Agar tinch turgan motorni elektr tarmog‘iga ulab, unda qarshilik momentidan katta bo‘lgan aylantiruvchi moment hosil qilinsa, u aylana boshlaydi. Aylanish chastotasining ortib borishi bilan yakorda hosil bo‘ladigan EYK ham ortib boradi, natijada, yakor toki va, demak, aylantiruvchi moment kamayib boradi.
Aylantiruvchi moment qiymati qarshilik momentigacha kamayganda, ya’ni M = MC bo‘lib, momentlar muvozanati tiklanganda, chastotaning ortib borish jarayoni tugaydi va motor berilgan o‘zgarmas chastotada ishlay boshlaydi. Tinch turgan motorni elektr tarmog‘iga ulab, uning chastotasi n = 0 dan n = nC const gacha ortib borishidagi jarayon motorni ishga tushirish jarayoni deyiladi. Bu jarayon ishga tushirish toki Iish.t, ishga tushirish momenti Mish.t va ishga tushirish vaqti tish.t lar bilan xarakterlanadi.
Elektr tarmog‘iga ulangan motorning tinch turgan yakori chulg‘amida hosil bo‘lgan tok uning ishga tushirish toki deb ataladi. Yakorning tinch holatida n = 0 bo‘lgani sababli EY = 0 bo‘ladi. Demak, ishga tushirish tokining qiymati quyidagicha ifo dalanadi:
Iish.t = ΣUR , (3.6)
bunda: ΣR = RY + RT – yakor zanjirining qarshiligi.
Yakor chulg‘amining qarshiligi RY ning qiymati, odatda, juda kichik, ya’ni RY ≈ (0,1 ÷ 2) Ω bo‘ladi. Shunga binoan nominal tezlik va nominal tok IN = UNRY EY bilan ishlayotgan motor yakoridagi kuchlanishning tushuvi IYRY ≈ (3 ÷ 8)%UY bo‘ladi. Demak, nominal kuchlanishli elektr tarmog‘iga yakor chulg‘ami bevosita, ya’ni tashqi qarshiliksiz ulansa, u holda bu chulg‘amdan o‘tadigan yakor toki nominalga nisbatan 10–20 marta ortib ketadi. Natijada kollektor atrofida aylanuvchi olov va haddan tashqari katta aylantiruvchi moment hosil bo‘lib, motordagi izolatsiya va aylanuvchi mexanik qismlar ishdan chiqishi mumkin. Ishga tushirish tokini kommutatsiya va aylanuvchi qismlarga xavfli bo‘lmagan qiymat Iish.t≈ 2 · IN gacha va, demak, Mish.t≈ 2 · MN gacha kamaytirish uchun yakor chulg‘amiga ketma-ket ulangan rezistor qarshiligi kiritiladi. Bu rezistor ishga tushirish rеzistori deyiladi. Ishga tushirish tokini 2IN gacha kamaytiruvchi rezistor qarshiligi U N
Rish.t qiymatining Iish.t ifodasi orqali Iish.t≈ 2 · IN RY +Rish.t dan topiladi, ya’ni
Rish.t = RT = 2U I NN RY . ifodadan Rish.t ning qiymatini topish uchun RY ni aniqlash kerak. O‘zgarmas tok motorlari uchun yakor chulg‘ami qarshiligini quyidagicha aniqlash mumkin: U N
RY≈ 0,5(1 – η) IN = 0,5(1 – η)RN, (3.8)
bunda: – motor foydali ish koeffitsiyentining nominal qiymati:
P N η= UN IN – motorning nominal qarshiligi.
Yakorga kuchlanish berilganda undan o‘tadigan ishga tushirish tokini nominal qiymatgacha kamaytiruvchi qarshilik o‘zgarmas tok motorining nominal qarshiligi deb ataladi. Ishga tushirish rezistori odatda bir necha pog‘onadan iborat qilib tayyorlanadi. Ishga tushirilgan motor chastotasining ortib borishi bilan uning yakor toki va, demak, aylantiruvchi momenti kamayib boradi. Motor chastotasining nC qiymatgacha bir tekisda ortib borishini ta’minlash uchun aylantiruvchi momentning o‘rtacha qiymatini o‘zgarmas qilib saqlash kerak. Buning uchun ishga tushiruvchi momentning qiymati o‘zining M Mish.t qiymatidan Mmin≈(1,1 ÷ 1,2)MN gacha kamayganida Rish.t qarshiligining bir pog‘onasi shuntlanadi. Bunda tok va, demak, aylantiruvchi moment nominalga nisbatan yana ikki marta ko‘payishi darkor. Shu singari chastota ortib borishi bilan ishga tushiruvchi rezistorning qarshiligi kamayib boriladi ваRish.t ning oxirgi pog‘onasi shuntlanganda (rezistor qarshiligi nolga tenglashtirilganda) chastotaning qiymati nC gacha ortib boradi. Momentlar muvozanati tiklanib, ya’ni M = MC va n = nC, bo‘lishi bilan ishga tushirish jarayoni ham tugaydi.

O’QUVCHILARNING O’ZLASHTIRISHINI BAHOLASH MYEZONLARI



Mavzu: O'zgаruvchаn vа o'zgаrmаs tоk elektr mаshinаlаri. 1.O'zgаruvchаn vа o'zgаrmаs tоk elektr mаshinаlаri. 2.Elektr dvigаtelining stаtоri, rоtоri vа chulg'аmi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin