Elektrotexnika va elektronika asoslari



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə63/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA


12. O’zgaruvchan tok davri 1 s bo’lsa, bu tokning to’lqin uzunligini toping. .
A 3 106 km. B. 3 109 km. *C. 3 105 km. D. 3 1010 km

Mavzu: 13- O'zgаruvchаn vа o'zgаrmаs tоk elektr mаshinаlаri. Elektr dvigаtelining stаtоri, rоtоri vа chulg'аmi. (Laboratoriya ishi).






Reja:

1. O‘zgaruvchan tok elektr mashinalari.


2.O‘zgaruvchan tok mashinalarining turlari.
3. Asinxron mashinaning tuzilishi
4. Oʻzgarmas tok mashinasi.
5. O‘zgarmas tok motorlari.
6. O‘zgarmas tok motorlarini ishga tushirish.
O‘zgaruvchan tok mashinalari asosan sinxron va asinxron deb ataluvchi elektr mashinalaridan iborat bo‘lib, ularni ham o‘zgarmas tok mashinalari singari generator, motor va elektromagnit tormoz rejimlarida ishlat ish mumkin.
Elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan uch fazali tok sinxron generatorlarda hosil qilinadi. Sinxron mashinalar qo‘zg‘almas stator va aylanuvchi rotordan iborat bo‘ladi. Stator, o‘z navbatida cho‘yan korpus va unga mahkamlangan po‘lat o‘zakdan iborat bo‘lib, bu o‘zak pazlariga uch fazali o‘zgaruvchan tok chulg‘ami joylashtiriladi. Stator o‘zagida uyurma toklardan hosil bo‘luvchi quvvat isrofini kamaytirish maqsadida uni bir-biridan izolatsiyalangan po‘lat tunukalardan yig‘iladi (6.1-rasm).




1-rasm. Sinxron mashinaning statori.
Sinxron mashinaning rotori ikki tipda, ya’ni ayon va ayon bo‘lmagan qutbli qilib tayyorlanadi. Gidrotrubinalar bilan past chastotada aylantiriladigan kichik va o‘rta quvvatli gidrogeneratorlar ayon, bug‘ trubinalari bilan yuqori tezlikda aylantiriladigan katta quvvatli turbogeneratorlar esa ayon bo‘lmagan qutbli qilib tayyorlanadi.

2-rasmda sinxron mashinaning a – ayon va b – ayon bo‘lmagan qutbli rotorlari ko‘rsatilgan. Rotorning o‘zagi, odatda, quyma po‘latdan yasalib, unga qo‘zg‘atuvchi chulg‘am o‘rnatiladi. Aylanuvchi rotordagi bu qo‘zg‘atuvchi chulg‘amga cho‘tka va halqalar vositasida o‘zgarmas tok berilib, asosiy magnit oqim hosil qilinadi. Demak, o‘zgarmas tok bilan ta’minlangan rotor chulg‘ami birlamchi motor (trubina) bilan aylantirilsa, u holda, elektroma induksiya qonuniga binoan stator chulg‘amida o‘zgaruvchan EYK hosil bo‘ladi.


Bu EYK sinusoida qonuni bo‘yicha o‘zgarishi uchun qutblarda hosil bo‘lgan magnit induksiya sinusoida bo‘yicha taqsimlanishi kerak. Magnit induksiyaning B = Bmaxsinα bo‘yicha taqsimlanishi uchun qutb o‘zagi bilan stator o‘zagi o‘rtasidagi havo bo‘shlig‘ining 6.3-rasmda ko‘rsatilganidek bo‘lishiga erishish kifoya.
U ch fazali sinxron generatorning statoriga uchta chulg‘am joylashtiriladi. Bu chulg‘amlar fazoda bir-biridan 120º burchakka farq qiladi, ular yulduz yoki uchburchaklik sxemasi bilan ulanadi. Har bir c

hulg‘am generatorning fazasi deyilib, bu fazalarda bir-biridan 120º ga farq qiluvchi EYK lar hosil bo‘ladi. Yulduz yoki uchburchaklik sxemasi bilan ulangan chulg‘amlardan olingan bu uch fazali EYK lar sitemasiga uch fazali yuklama ulansa, u holda generatorning stator chulg‘amlaridan uch fazali yuklama toki o‘tadi. Sinxron mashinani qo‘zg‘atish uchun kerak bo‘lgan o‘zgarmas tokni qo‘zg‘atgich yoki chala o‘tkazgichli to‘g‘rilagichlardan olinadi




Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin