Elektrotexnika va elektronika asoslari


ELEKTR DVIGATELLLRNING QIZISHI VA SOVITILISHI



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə73/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

ELEKTR DVIGATELLLRNING QIZISHI VA SOVITILISHI
Har qanday elektr dvigatelning ishi elektr energiyaning isroflanishi bilan o’tadi. Isroflar o’zgaruvchan va o’zgarmas qismlardan iborat. O’zgarmas isroflar dvigatel­ning yuklanishiga bog’liq emas — bu podshipniklarning ishqalanishiga, ventilyatsiyaga, o’zaklarga sarflanadigan isroflar. O’zgaruvchan isroflar dvigatelning yuklanishi­ga bog’liq. — bu chulg’amlarning qizishiga sarflanadigan isroflar, chunki yuklanish o’zgarganda chulg’amlardan o’tayotgan tok ham o’zgaradi. Umuman, yuklanish ko’paygan sari dvigatelning temperaturasi ham oshadi. Dvigatelning va uning atrofidagi muhitning temperaturalari orasidagi farq o’ta qizish temperaturasi deyiladi;

Bunda: — ota qizish temperaturasi, t — dvigatelning temperaturasi, t0muxitning temperaturasi. Hisoblashlarda atrof muhitning temperaturasit0=40°С ga teng deb olinadi.
Dvigatelning o’ta qizish temperaturasi asosan chulg’amlar uchun ishlatiladigan izolyatsiyaga bog’liq. Masalan, sintetik organik pardalar uchun o’ta qizish temperaturasi 80°Ст, paxta-qog’ozli izolyatsion materiallar uchun 65°С ga teng bo’ladi.
Dvigatelning ish vaqtidagi qizish egri chizig’i ko’rsatilgan. Dvigatel ulangan paytda (t = 0) uning barcha qismlari temperaturasi muhitnikiga teng. Dastlabki vaqtda dvigateldan atrof muhitga issiqlik kam uzatiladi, chunki hamma issiqlik dvigatelni qizitish uchun sarflanadi. Egri chiziq tez yuqoriga ko’tariladi. Dvigatel qancha ko’p qizisa muhitga shuncha ko’p issiqlik uzatiladi va dvigatelning qizishi sekinlashadi.
Ma‘lum vaktdan keyin issiqlikning kelishi, uning muhitga uzatilishiga teng bo’lib qoladi.
Dvigatel temperaturasi barqarorlashadi (tбарq) va o’zgarmas yuklanishda to’xtaydi. Har qandai yuklanishga o’zining barqarorlashgan temperaturasi tug’ri keladi. Yuklanish qancha ko’p bo’lsa, qizish egri chiziga shuncha yuqori bo’ladi. Boshlang’ich temperaturasi qancha yuqori bo’lsa, dvigatel shuncha tez qiziydi. Dviga­telning sovitilish vaqti uning ventilyatsiya usullariga va massasiga bog’lik.- Odatda rotor o’qiga dvigateldan qizigan xavo-ni surib oluvchi ventilyator o’rnatiladi. Mustaqil ventilyatsiyali dvigatellarda sovituvchi havo dvigatelga tashqi ventilyatordan beriladi. Bu usul faqat katta quvvatli dvigatellarda qo’llaniladi. Sovitilish egri chiziqlari ko’rsatilgan.

O’QUVCHILARNING O’ZLASHTIRISHINI BAHOLASH MYEZONLARI






Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin