Ем-хашак тайёрлаш технологиялари



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə4/6
tarix16.06.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#131548
1   2   3   4   5   6
1 Амалий машғулот Косилкалар, пресс подборшиклар

Pichan presslagichlar
Urilgan pichanni dalada 25...26% namlikkacha kuritib, katorga uyumlab, presslab yigishtirish texnologiyasi keng tarkalgan. Chunki bu usulda pichanni eng foydali kismi bulgan guli va bargi kam tukilib, isrof bulmaydi xamda presslangan pichanni transportlash va saklash arzonga tushadi. Buning uchun porshenli xamda rulonlab presslagichlar ishlatiladi.
Presslash darajasi oz (100 kg/m3 gacha), urta (100...200 kg/m3) va katta (200...300 kg/m3) buladi. Kam zichlikdagi presslashni pichan namligi 40% bulganda boshlash mumkin. Shu sababli bu usul shimoliy xududlarda va botkoksimon yerlardan urilgan pichan uchun ishlatiladi. Presslab kuritish pichanni sifatini kamaytirmaydi, balki oshiradi. Pichanning namligi 25% bulganida urta zichlikda, 20% bulganda yukori zichlikda presslash tavsiya etiladi.
Porshenli presslagichning prinsipial sxemasi 191- rasmda keltirilgan. Urilgan utlarni ilgarilanma-kaytarma xarakat kiluvchi porshen 3 zichlaydi. Presslash kamerasi a ga pichantikkich 2, uzining tirsakli valda aylanishi xisobiga, pichanni belgilangan mikdorda kerakli vaktda kiritib turadi. Tikkich presslash kamerasidan chikayotib koldirgan pichanini porshen kameraning oxiriga surib, zichlaydi.
Porshenli yigishtirib-presslagichning umumiy kurinishi 192-rasmda kursatilgan. Uning asosiy kismlari: kardan 1, reduktor 2, presslash kamerasi 3, porshen va shatun 4, barabanli yiKishtirgich 5 (kamrov kengligi 1,6 m), gildirak 6 lar, kutarib-tushirish mexanizmi 7, tikkich mexanizmi 9 va tugunlab-boglovchi apparat 10 dan iborat.
Katorga uyumlangan pichanni yigishtirgich 5 ning xaskashlari kutarib olib, kabul kamerasi 3 ga uzatadi. Tikkich 9 pichanni tuplab, presslash kamerasi ichiga tikadi. Porshen presslash kamerasining



ichiga kirayotib, u yerdagi pichan tuplamini surib, zichlaydi. Porshen chetga chikkan poyalarni pichok bilan kesib, kabul kamerasida koldiradi. Bir necha pichan tuplami zichlanib, toy xosil buladi. Uni tugunlab-boglovchi mexanizm maxsus (yumshok) simtemir yoki shpagat bilan toyni boglab kuyadi. Boglangan toy yerga tushirib koldiriladi.


Pichan toylarini boglash uchun presslash kamerasiga ikkita tugunlab-boglovchi apparat urnatilgan (193- rasm). Unga shpagat (sim) uralgan ikkita kasseta 4, ikkita igna 6, ulchovli gildirakcha 8, tugunlab boglovchi apparatni xarakatga keltiradigan mufta 12, ikkita sikuvchi pichok 14, ikkita tugunlovchi ilgak 15 va shpagat yunaltirgichi 16 kiradi.
Tugunlab-boglovchi apparatning ish jarayoni kuyidagicha kechadi: simtemirning bir uchi pichok 14 ga kistirilgan bulib, yunaltirgich 16 ning barmoklariga ilingan xolda presslash kamerasi va igna roliklari orkali utkazilib, ikkinchi uchi bilan kasseta 4 ga yunaltirilgan buladi. Porshen zichlayotgan toy uzunligining usishi bilan, u uzidan oldin shakllantirilib tayyorlangan toyga tayanib, uni surib, asta-sekin chikarib tashlaydi.
Yangi shakllantirilayotgan toy, kamerada oldingi toy boglanganidan sung, kolgan simni kassetadan asta-sekin sugurib, orkaga suraveradi. Ikkala sim xam bulajak toyning uch (orka, ust va past) tomonlariga porshenning bosimi ostida tortilib keladi. Zichlanayotgan toy porshen bilan orkaga kayta olmaydi, chunki kameraning ichki (ustki va pastki tomonlarida) devoridagi tirak tish 17 lar bunga tusik buladi.
Presslash kamerasi orkali siljiyotgan yangi toyning uzunligini gildirakcha 8 uzluksiz ulchab turadi. Uzunlik belgilangan mikdorga yetganida, ya’ni gildirakcha tulik bir aylanganida, u uzining barmogi 9 bilan richag 10 ni bosib, tugunlab-boglovchi apparat 12 ning xarakat muftasini ishga kushadi. Muftaning ta’sirida (ilmokli tish 11 orkali) krivoshipli val 13 burila boshlaydi va unga maxkamlangan igna 6 ning ikkalasi xam pastki xolatidan yukoriga, presslash kamerasiga, porshendagi teshik orkali kiradi. Ignalarning uchidagi ikkita rolik simlarni kasseta 4 lardan sugurib olib, yukoridagi tugunlovchi ilgak 15 ning pichogi 14 ga ilintirib kuyadi. Natijada simlar toyni porshen tomonidan xam urab oladi.
194­- rasmda tugunchani yasashda tugunlovchi ilgak 3 ning simtemirga ta’siri kursatilgan. Simlar igna uchidan sikilib ushlangan vaktda ular kesiladi. Tugunchaga aylana boshlagan uchlarini tugunlovchi ilgak zich burab, ikki marta aylantirganda, tugun xosil buladi. Ignalar dastlabki xolatiga kaytayotganida, sim ilgakka yana ilinib kolmasligi uchun saklagich ilgagi 1 bunga tusik bulib tu-radi. Tugunlovchi apparatning xarakat yuritmasi uziladi.

Toyning kameradan chikish tomonga siljishi xisobiga simning tugunchasi ilgakdan sidirilib tushadi.
Toylarni boglashda sim urniga shpagatdan foydalanadigan apparat urnatilishi xam mumkin (195- rasm). Bunday apparat ilgakning kuzgalmas 1 va kuzgaluvchan 2 jaglaridan, tutkich 3, disksimon 4 va likopsimon kiskich 5, pichok 6, tortkich yunaltirgichi 7 lardan tashkil topgan.
Tugunlash apparatining ish jarayoni kuyidagi tartibda bajariladi:
I. Igna 8 toyni porshen tomonidan shpagat bilan urab olib, ikkala shpagatning ustki bulaklarini yunaltirgich 7 dan utkazib, ilgakning ustiga yotkizadi.
II. Igna 8 uz ishini tugatadi, ilgak 1 bilan kiskich 4 ishga tushadi, aylanayotgan disk 4 shpagatning ikkalasini xam kisib koladi, ilgak burilib, shpagatni uray boshlaydi.


III. Igna 8 orkaga kaytadi, shpagatni kisgan disk 4 xarakatni tuxtatadi, ilgakning kuzgaluvchan jagi 2 ochiladi, shpagat ilgakning ochilgan ogziga tushadi.
IV. Igna 8 orkaga kaytadi, ilgak 4 bir marta aylanib, tuxtaydi, 2 va 1 jaglar yopilib, shpagatni kisib koladi, shpagat tortkich yunaltirgichi 7 xarakatlana boshlaydi, pichok 6 shpagatning ikkovini xam kesadi.
V. Tortkich yunaltirgichi orkali tugunchani ilgakdan tushirib olmokchi bulib, uchlari jaglar orasida turgan shpagatni tortadi va tuguncha yasaydi, igna tuxtaydi, toy tushayotib, ilgak ushlab turgan tugunchani maxkamlaydi.
Ignalarning presslash kamerasiga nisbatan tirkishi (20 mm), ularni xarakatga keltiradigan mexanizm tortkisining uzunligini uzgartirish xisobiga sozlanadi. Igna kameraga kira boshlaganida, porshen tusik bulmaydigan masofaga siljib ulgurgan bulishi, kiskich kirrasi va jaKlar bir-biriga tegmasligi kerak. Vintli kurilma 7 yordamida toyning zichlik darajasi sozlanadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin