Tirkalma silos kombayni (200- rasm) makkajuxori, kungabokar, beda va pichanbop usimliklarni urib maydalash, ularni transport vositasiga yuklash uchun muljallangan. Bu kombayn poyalarining balandligi 4,0 m, yugonligi 40 mm gacha bulgan usimliklarni urib, maydalab berishi mumkin.
Kombaynning asosiy kismlari: urgich, silos maydalagich va yuklovchi karnaydir. Kombaynga faol bulgich 2 urnatilgan, u engashib, yotib kolgan poyalarni tik tekislikda kesib, ularni kombayn yoniga ilashib ketishining oldini oladi.
Maydalash apparatiga biter-baraban 5, 6 lar, ular orasida urnatilgan sillik juva 7, maydalash barabani 9 va kesish brusi 8 kiradi. Maydalanayotgan poyalar kalinligi ortib ketsa, biter baraban 5 va 6 lar uzlarining tayanch podshipniklaridagi prujinalarni sikib, tirkishni kengaytiradi. Baraban 5 va urgich transportyori
orasidagi xamda baraban 6 bilan sillik juva orasidagi tirkish kisuvchi boltlar yordamida sozlanadi. Maydalovchi baraban shkiviga bir tomonlama mufta urnatilganligi sababli, kombaynga xarakat uzatish tuxtatilsa xam baraban inersiyasi buyicha aylanishni davom etti-radi.
Urilayotgan maxsulot silos uchun maydalanayotgan bulsa, barabanga 9 ta pichok, agar senaj va un uchun maydalansa 18 ta pichok urnatiladi. Maydalash uzunligi 10...30 mm oraligida bulishiga pichok sonini uzgartirish va xarakat yuritmasidagi yulduzchani almashtirish xisobiga erishiladi. Maydalangan maxsulotni silos karnayi orkali transport vositasiga yuklash muljallangan.