Emotsional xossalar individning psixik ko’rinishini belgilaydilar, shaxs emotsional tipini tashkil etadilar. Odamlar emotsional, o’ta ta’sirchan, ehtirosli va frigid mijozlilarga bo’linadilar. Birinchisi oson qo’zg’aluvchan, emotsional ta’sirchan, impulьsiv; ikkinchisi – o’z sezgilarini mushohada qilish, ulardan zavqlanishga moyil; uchinchisi – emotsional intiluvchan, o’ta faol, maqsadga erishishda sabotli; to’rtinchisi – aql bilan ish ko’radilar, qayg’urish hissi ularga yot.

Biror ob’ektga nisbatan ishlab chiqilgan sezgilar ma’lum darajada bir jinsli ob’ektlar sinfiga ko’chirib o’tkaziladi. SHunday qilib, sezgilar qonuniyatlaridan biri ularning umumlashtirilganligi va ko’chirib o’tkazish imkoniyati hisoblanadi. Boshqa qonuniyat – sezgilarning davomli seskantiruvchilar ta’sirida sustlashishi. Xuddi shunday sevimli qo’shiq hadeb tinglansa, yoqmay qolishi mumkin; juda ko’p marta takrorlanadigan hazil kulgili bo’lmay qoladi.