64. Elektr energiyani ishlab chiqaruvchi korxonalardan bevosita iste’molchilarga uzatish elektr tarmoqlari yordamida amalga oshiriladi
65. Elektrtarmog’i nimstantsiyalar, taqsimlash qurilmalari, elektr uzatishning havo va
kabel liniyalaridan iborat, elektr energiyani taqsimlaydigan elektr qurilmalari yig’indisidan
iborat
66. Sanoat korxonalarining energetik xo’jaligi boshqa ishlab chiqarish korxonalariniki kabi bir butun o’zaro bog’langan texnik majmua bo’lib, u turli ko’rinishdagi energiyani
qabul qilish, o’zgartirish, uzatish va foydalanishni ta’minlovchi sexlardan, inshoot va
agregatlardan iborat.
67. Korxonaning energiya xo’jaligi o’z ichiga elektr, issiqlik, bug’, havo, gaz va suv
ta’minotini oladi.
68. Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimini takomillashtirish, energiya ta’minotini
ta’minlash va asosiy mahsulot birligiga ketadigan energiya sarflarni pasaytirishga olib keladi.
69. Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish –
energiya ishlab chiqarish samaradorligining zaruriy sharti
70. ENHAT ni joriy etish yordamida quyidagi iqtisodiy samaradorlikka erishiladi: elektr energiyasi isroflarini aniqlash;
elektr energiya hisoblagichlarining aniqlik darajasini oshirish;
elektr energiyadan noratsional foydalanishni o’z vaqtida aniqlash;
inson omili ishtirokisiz elektr energiya hisoblagichlaridan ko’rsatkichlarini olishda
xatoliklarning bo’lmasligi;
tezkor nazorat qilish va elektr tarmoqlari yuklamalarini simetriyalashga o’tish munosabati
bilan elektr tarmoqlarning xizmat qilish muddatlarini oshirish;
elektr energiyasini sotib olish bo’yicha yechimlarni qabul qilish jarayonida elektr iste’moli
bo’yicha ma’lumotlarni operativ olish va ularni qayta ishlash;
nazoratchi xodimlar sonini qisqartirish;
hisobga olish nuqtalarida xizmat ko’rsatish va hisoblarni yozib borish bilan bog’liq
harajatlarni kamaytirish;
iste’mol qilingan elektr energiya uchun to’lovni o’z vaqtida amalga oshirish bo’yicha
iste’molchilar mas’uliyatini oshirish