1-modda. Ushbu qonunning maqsadi. Ushbu qonunning maqsadi milliy energetika resurslari saqlanishini, energiyadan va ishlab
chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan umumiy xuquqiy asoslarni
shakllantirishdan iboratdir.
2-modda. Energiyadan oqilona foydalanish to’g’risidagi qonun xujjatlari. Energiyadan oqilona foydalanish soxasidagi munosabatlar ushbu qonun va O’zbekiston
Respublikasining boshqa qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida energiyadan oqilona foydalanish soxasidagi
munosabatlar Qoraqalpog’iston Respublikasining qonun xujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
3-modda. Ushbu qonun amal qiladigan soha. Yuridik va jismoniy shaxslarning yoqilg’i qazib olish, yoqilg’i, issiqlik va elektr
energiyasi (matnda bundan buyon energiya deb yuritiladi) hosil qilish, ularni qayta ishlash,
saqlash, tashish taqsimlash va sarflash (matnda bundan buyon energiya hosil qilish va uni
sarflash deb yuritiladi) bilan bog’liq faoliyati ushbu qonun amal qiladigan soha hisoblanadi.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasida huquqiy tartibga solish:
Energiya xosil qilish va uni sarflash chog’ida energiyadan samarali va ekologik jixatdan
xavfsiz foydalanishini ta’minlashga;
Energiya jixatidan samarali va texnologiyalar ishlab chiqish va joriy etishni, arzonroq
neft maxsulotlari , tabiy gaz, ko’mir va boshqa turdagi tabiy yoqilg’ilarni (matnda bundan buyon
energiya hosil qilish va uni yoqilg’i deb yuritiladi) qazib olish va xzosil qilishni
rag’batlantirishga;
Energiya xosil qilish va uni sarflash miqdori xamda sifatini o’lchash va xisobga olish
aniq, to’g’ri bir xil bo’lishga ta’minlashga;
Energiyaning samarali xosil qilishni va sarflanishini xamda uning sifati ustidan,
energetika asboblarning energiya bilan ta’minlash va energiyani sarflash tizimlarining texnikaviy
xolati ustidan davlat tekshiruvi xamda nazoratini amalga oshirishga qaratilgan.