Eng chuqur okean – bu Tinch okeanidir. Okeanning o`rtacha chuqurligi 3960 metr. Eng chuqur joyi – Mariana cho`kmasi, 11022 metr. Fransuz tadqiqotchisi Jan Pikar batiskafi 1960-yil Mariana cho`kmasini "zabt” etgan.
Eng ko`p dengizli okean – Tinch. Ushbu okeanda 26 ta dengiz mavjud. Ular quyidagilar: Bering, Oxota, Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy, Filippin, Suluv, Sulavesi, Maluk, Xolmaxer, Seram, Yava, Bali, Flores, Savu, Banda, Yangi Gvineya, Solomon, Marjon, Fidji, Koro, Tasman, Ross, Amundsen, Bellinsgauzen.
Eng katta dengiz – Tinch okeanidagi Filippin dengizidir. Maydoni 5 mln 726 ming km.kv.
Eng katta qirg`oqsiz dengiz – Atlantika okeanidagi Sargasso dengizi. Maydoni 7 mln km.kv ga yaqin.
Eng katta ichki dengiz – Atlantika okeanida, Yevrosiyo va Afrika materiklari o`rtasidagi O`rta dengiz.
Eng kichik dengiz – Osiyo va Yevropa qit`alari oralig`idagi Marmar dengizi. Maydoni 11,5 km.kv.
Eng sho`r dengiz – Hind okeanidagi Qizil dengizdir. Suvining sho`rlik darajasi 42 ‰. Dengiz suvining sho`rligi yuqori bo`lishiga sabab unga hech qanday daryo quyilmaydi. Bu esa o`z-o`zidan ma`lumki sho`rlik darajasining ortishiga sabab bo`ladi.
Eng issiq dengiz – Qizil dengiz.
Eng yosh dengiz – Qora dengiz. Bu dengiz materikning ichkarisida bo`lganligi uchun kech shakllangan.
Eng katta qo`ltiq (ko`rfaz) – Bengaliya. Maydoni - 2 191 000 km.kv. Qo`ltiq Yevrosiyo materigining janubiy qismida Hindiston yarim orolining sharqida va Andaman dengizining g`arbiy qismida joylashgan. Eng chuqur joyi 4519 metr.
Eng uzun bo`g`oz – Mozambik. Bo`g`oz 950 km uzunlikka ega, u Afrika materigi va Madagaskar oroli oralig`ida joylashgan.
Eng keng bo`g`oz – Dreyk. Mazkur bo`g`oz Janubiy Amerika va Antarktida materiklari oralig`ida joylashgan. Tinch va Atlantika okeanlarini birlashtirib turadi. Kengligi 820 km. Bog`oz nomi Frensis Dreyk sharafiga qo`yilgan.